Tog‘li hududda Harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

Date:

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman hokimligi hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi hamkorligida yoshlarning yurtga sadoqat tuygʻusini mustahkamlash hamda ular orasida harbiylik kasbiga bo‘lgan qizishni oshirish maqsadida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Tadbir tuman markazida harbiy orkestr jamoasining chiqishlari hamda harbiy xizmatchilarni saf yurishi bilan boshlandi. Festivalning tantanali ochilish marosimida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodning harbiy sohaga qiziqish va intilishini kuchaytirishga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.


Harbiy qismda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan tosh koʻtarish, arqon tortish kabi musobaqalar ham festivalga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining harbiy estafeta sport musobaqasi davomida esa yoshlar oʻzlarining nechogʻlik chaqqon va mergan ekanliklarini amalda namoyon etdilar.
Tadbir yakunida Sariosiyo tumanida joylashgan umumta’lim maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonlari va guvohnomalari topshirildi. Eng epchil va uddaburon yoshlar musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritib, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun