Ko‘krak nishonlari topshirildi

Date:

Vatan tayanchi degan nomning o‘ziyoq kishi qalbida faxr-iftixor uyg‘otadi. O‘zini vatan koriga yaraydigan insondek his etishiga sabab bo‘ladi. Bu shunchaki nom emas, bu fidoyilik talab etadi. Prezidentimizning 2022-yil 2-martdagi PQ-150-sonli qarori ijrosi yuzasidan Sherobod tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari podpolkovnik N.Narzullayev tomonidan tumanning “Mehrobod” mahallasidagi 6-sonli umumta’lim maktabining 20 nafar 11-sinfning namunali o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan yuborilgan guvohnoma va “Vatan tayanchi” harakatining emblemasi aks etgan ko‘krak nishonlari topshirildi.
Ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi o‘quvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Bir tomondan taqdirlanganlarning yuz-ko‘zidagi xursandchilik, boshqa tomondan o‘quvchilarning havas ila boqishlari bilan o‘zgacha shukuhda o‘tganini ko‘rsatadi.
Marosim shu bilan yakunlanmadi, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik N.Narzullayev maktabning 11-sinf o‘quvchilarga “Vatanparvarlik” mavzusida qizg‘in dars o‘tib berdi. Shuningdek, namunali o‘quvchilarga tuman IIB boshlig‘ining badiiy kitoblar jamlanmasi topshirildi. Bir soatlik dars orqali yoshlar yurtimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlardan xabardor etilib, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chorlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun