Bayram tadbiri tashkil etildi

Date:

Yurtimizda har bir inson, ijtimoiy kelib chiqishi, imkoniyatlaridan qat’iy nazar e’tibor va g‘amxo‘rlik ostida, qo‘llab-quvvatlovda. Imkoniyati cheklanganligi, nogironligi bois ajratib qo‘yilmaydi, balki ular ham jamiyatning teng huquqli a’zi sifatida turli jabhalarda mehnat qilishmoqda, ta’lim-tarbiya olishmoqda. Ularga o‘qishda, ishda qulaylik yaratish maqsadida yengilliklar, munosib shart-sharoitlar yaratilgani ham e’tirof etishga arziydi. O‘zbekiston karlar jamiyati tashkil topganligining 95 yilligi munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumanida “Jannat bog‘i” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida ham ularning mehnati e’tirof etildi, minnatdorlik tuyg‘ulari izhor etildi.


Ayniqsa, tadbirda O‘zbekiston karlar jamiyati prezidenti Go‘zal Shodiyeva, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Tog‘ayevlarning ishtiroki, samimiy tilaklari Surxondaryo viloyatining barcha tumanlaridan ishtirok etgan 670 nafar karlar jamiyati a’zolari qalbini nurga to‘ldirdi. Qolaversa, so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, davlatimiz rahbarining g‘amxo‘rligi mehrga, e’tiborga muhtoj insonlar hayotida juda katta o‘zgarish bo‘lganini ta’kidlashdi.
Tadbir so‘nggida bayram munosabati bilan barcha karlar jamiyati a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Omonxonada yangi savdo majmuasi ish boshladi

Hududlarni obod qilish, tadbirkorlik uchun qulay sharoit yaratish va...

Qishloqlar qiyofasi yangilanmoqda

Qishloq va mahallalarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, aholiga qulay yashash...

Yangicha qiyofa — obod mahalla

Obod va farovon mahalla — aholi turmushi uchun yaratilayotgan...

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq”...
KunTun
KunTun