Ijro hujjatlari elektron shaklda beriladi

Date:

Davlatimiz rahbarining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilinib, unga ko‘ra, 2024-yil 1-maydan sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi. Fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi, ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta xarajatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etiladi.
2024-yil 1-dekabrdan esa sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlovchi “Majburiyatlar reestri” instituti joriy etiladi.
2024-yil 1-apreldan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
2024-yil 1-martgacha ijro hujjatlari bo‘yicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibi ishlab chiqiladi. Markaziy apparatning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi tarkibida Monitoring markazi tashkil etiladi.
Markaziy apparatda Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish bo‘limi, Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish sho‘’basi tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sportni ommalashtirishga yangi tashabbuslar boshlandi

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ayniqsa yoshlar orasida...

Mahorat-u salohiyati namoyon

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining viloyat...

Nazorat kuchaytirildi

Qurilish sohasida tartib-intizom va qonuniylikni ta’minlash yoshlar uchun xavfsiz...

Nozima chempion bo‘ldi

Sport bilan shug‘ullanish yoshlar salomatligini mustahkamlash bilan birga, ularda...
KunTun
KunTun