Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari talab darajasidami?

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kechki vaqt mutasaddilar bilan Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan “Yangi yil” bayrami yarmarkalari bilan tanishdi. Afsuski, yarmarka faoliyati hokimni qoniqtirmadi.
Fuqarolar xonadonida yetarli oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lmasa, uni bozorlardan arzon narxlarda sotib ololmasa, ularda bayram shukuhi bo‘lmasligini ta’kidlagan viloyat rahbari aholining har kuni ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotini sotib olishi uchun yarmarkalar to‘liq ishlash shartligini tezkor Shtabning kechki muhokama yig‘ilishida aytib o‘tdi. Shundan so‘ng, hududlarda aniqlangan muammolar va ularning yechimi borasida qilingan ishlar hamda “Yangi yil” bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari faoliyati muhokama qilindi.
Hududlar, tarmoqlar va prokuratura huzuridagi departament rahbarlariga “Yangi yil” bayrami savdo yarmarkalarini sifatli tashkil etish, kunlik mahsulotlar zahirasi bilan ta’minlash hamda narxlarni qat’iy nazorat qilish topshirildi. Boshqa masalalar bo‘yicha ham mas’ullarning hisoboti eshitilib, zarur vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun