Qiziriqda mikro GES ishga tushirildi

Date:

Prezidentimizning 2022-yil 9-sentyabrdagi Farmoni bilan aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sifatini oshirish maqsadida hududlarda mikro va kichik GESlar qurilishi belgilangan edi. Ayni farmonning ijrosini ta’minlash, qolaversa, mahalliy aholini sifatli va muqobil elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amaliy harakatlar boshlab yuborilgan edi.
Qisqa muddatlarda ayni shu sa’y-harakatlarning natijasi ko‘zga tashlana boshladi. Qiziriqda tumanida aholini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi mikro GES ishga tushirildi. Prezident davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Muhammadiyev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda tuman faollari va nuroniylar aholi turmush farovonligini oshirishga, yangi ish oʻrinlari yaratilishiga xizmat qiladigan ushbu mikro GESning foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etishdi.
Aytish kerakki, tumandan oqib oʻtuvchi Isfara kollektorida qurilgan Isfara mikro GES-1 ning quvvati 230 kVtni tashkil etib, yillik 1,07 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Mazkur mikro GES ishlashi orqali 460 ta xonadon barqaror va ekologik toza elektr energiyasi bilan taʼminlanadi. Eʼtiborlisi, mikro GESda foydalanilgan uskuna va jihozlar toʻliq mahalliylashtirish dasturi doirasida oʻzimizda ishlab chiqarilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun