Mutlaq g‘olib Muhammadkarim Xurramov bo‘ldi

Date:

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan “Surxondaryo viloyati hokimi sovrini” uchun o‘tkazilgan katta kurash musobaqasi xalqimiz og‘zida duv-duv gap bo‘lgani rost. Musobaqada bilagida kuchi, yuragida o‘ti bor polvonlar jam bo‘lib, or uchun, o‘z hududining sha’ni uchun kurashdilar. Albatta, ushbu katta kurash musobaqasida Surxondaryo viloyatida katta va qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Mehmonlar, nomdor polvonlar munosib kutib olindi.
Sovrinlar uchun tuya, ot, qoʻy, turli qimmatbaho sovrinlar, pul mukofotlari hamda bosh sovrin uchun “Nexia III” avtomobili qoʻyilgan emasmi, kurashlar qizg‘in va murosasiz o‘tdi. Taniqli polvonlarning shiddatli bellashuvlari, son-sanoqsiz tomoshabinlarning qiy-chuviga toʻladigan maydon zavqini kurash musobaqasida bo‘lganlar tuya olishdi, joʻshqinlikni his qilishdi.


Jumladan, qizlar oʻrtasida +63 kg vazn toifasida Yulduz Muhammadiyeva 1-o‘rinni, erkaklar oʻrtasida 66 kg vazn toifasida denovlik Sardor Xurramov g‘oliblikni qo‘ldan boy bermadi. Mutlaq vazn toifasi g‘olibi sherobodlik Muhammadkarim Xurramovga bosh sovrin — “Nexia III” avtomashinasi topshirildi.
Sovrinlar sertifikatlarini viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat sektor rahbarlari hamda kurash faxriysi Abdulla Tangriyevlar tantanali topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun