Aholi arzon va sifatli dori-darmonlar ta’minlanadi

Date:

Prezidentimizning farmatsevtika va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishida hamda davlatimiz rahbarining joriy yilning 16-17-noyabr kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida aholi salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini tadbiq etishda “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish borasida berilgan topshiriqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida sog‘liqni saqlash va farmasevtika xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Viloyat, shahar va tumanlar studiyalari orqali videokonfrentsaloqa tarzida o‘tkazilgan seminarda Prezidentimiz tomonidan farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, talab yuqori bo‘lgan dori-darmonlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda aholini o‘zimizda mavjud, nojo‘ya ta’sirlari kam, tabiiy giyohlardan ishlab chiqarilgan dori vositalari bilan ta’minlash ko‘lamini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirib olindi. Qolaversa, aholiga sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida bemorlarga berilayotgan dorilar “retsepti” va dorixonalarda sotilayotgan, talab yuqori bo‘lgan dori-darmonlar, vositalarning narx-navosini doimiy nazorat qilib borish masalalari hamda mahalliy dori-darmon va tibbiy vositalar ishlab chiqaruvchilar hamda dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan mavjud muammolar muhokama qilindi.
Seminar davomida tajribali tibbiyot xodimlari va va farmatsevtlardan iborat viloyat kengashi tuziladigan bo‘ldi hamda ayni ularning tavsiyalari asosida aholi salomatligini asrash va sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilanadigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun