Yo‘llarda hushyorlik – har bir harbiy xizmatchining mas’uliyati

Date:

Yo‘l-transport hodisalarining aksariyati haydovchining e’tiborsizligi, belgilangan qoidalarga bepisand munosabati yoki xavfsizlik talablariga amal qilmasligi oqibatida yuzaga keladi. Bunday holatlarning oldini olish esa, eng avvalo, har bir insonning o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligi uchun mas’uliyatni his etishidan boshlanadi.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida shaxsiy tarkib ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan profilaktik mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida ekran orqali real yo‘l-transport hodisalari aks etgan lavhalar namoyish etilib, ularning kelib chiqish sabablari va ayanchli oqibatlari tahlil qilindi. Harbiy xizmatchilarga yo‘llarda harakatlanish davomida hushyorlikni yo‘qotmaslik, belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilish, yo‘l belgilari va harakatlanish qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, transport vositasini charchagan holatda boshqarmaslik, haydash vaqtida chalg‘ituvchi omillardan saqlanish, yo‘lovchi sifatida harakatlanganda xavfsizlik kamarini taqish kabi muhim talablar eslatib o‘tildi.

Bunday profilaktik mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning yo‘l harakati xavfsizligi borasidagi bilim va mas’uliyatini oshirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim tarkibiy qismidir.

Zero, yo‘lda bir lahzalik e’tiborsizlik ortga qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois har bir harakatda mas’uliyat va ehtiyotkorlikni unutmaslik lozim.

Islomjon Muxamadaliyev,
harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun