Korrupsiyaga qarshi “ichki qalqon”

Date:

Tashkilotda korrupsiya sodir bo‘lgach, uning izidan borishdan ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ymaslik muhim. Komplayens-xodimining vazifasi ham, avvalo, shunga qaratilgan — xavfni oldindan ko‘rish va uning oldini olishdan iborat.Xo‘sh, komplayens-xodimi aslida nima bilan shug‘ullanadi?

U tashkilotdagi ish jarayonlarini kuzatib, korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlaydi. Qaysi jarayonda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin? Qayerda vakolatdan noto‘g‘ri foydalanish xavfi bor? Qaysi tartib shaffoflikni talab qiladi? Komplayens uchun ana shu savollar muhim.

Bu mutaxassis faqat kamchilik izlamaydi. U xodimlarga korrupsiyaga qarshi talablar, xizmat odobi va manfaatlar to‘qnashuviga oid qoidalarni tushuntiradi, aniqlangan xavflarni kamaytirish bo‘yicha takliflar beradi. Zarur hollarda korrupsiya yoki boshqa qonunbuzilishlar haqida kelib tushgan murojaatlarning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishida ham ishtirok etadi.

Komplayensning yana bir muhim jihati — manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik. Masalan, xizmat vakolati orqali nazorat qilgan tashkilotga keyinchalik ishga o‘tish kabi holatlar ham korrupsiyaviy xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli 2026-yilda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan alohida tartib ham joriy etildi.

Demak, komplayens-xodimini faqat “korrupsiyani aniqlaydigan odam” deb tushunish to‘g‘ri emas. Uning asosiy vazifasi — muammo paydo bo‘lishidan oldin uning oldini olish. Buning uchun esa tashkilotdagi jarayonlar shaffof, qarorlar asosli, xodimlarning mas’uliyati aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Chunki korrupsiyaga qarshi eng samarali kurash faqat sodir bo‘lgan qilmishga javob berishdan emas, unga olib boradigan yo‘lni avvaldan yopishdan boshlanadi.

A. Raximov,

Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limda raqamli imkoniyatlar va zamonaviy metodika

Etcetera Termiz davlat pedagogika institutida “Madaniyatlararo va raqamli ta’lim sharoitida...

Ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashadi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida A3ES xalqaro...

Shahrizoda va Sofiya Malayziyaga boradi

iTISU Cambridge International School o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi 9th Writing...

Yosh sportchilar bilan motivatsion uchrashuv

Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga UFC...
KunTun
KunTun