Beparvolik javobsiz qolmaydi

Date:

Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va ekologik qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat Angor tumanida izchil davom ettirilmoqda.

Ekopolitsiya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Dehqonbirlashuv mahallasi hududidan noqonuniy ravishda tuproq olish holati aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro A.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy chora ko‘rildi. Huquqbuzarga BHMning 10 baravari, ya’ni 4 million 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Bunday nazorat tadbirlari tabiat boyliklaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish, ekologik huquqbuzarliklarga barham berish va atrof-muhitni asrashga xizmat qiladi.

Tabiat boyliklariga beparvo munosabat — qonun oldida javobsiz qolmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun