Osiyoning markazida birdamlik

Date:

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan barcha tumanlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” maqolasida belgilangan strategik yo‘nalishlarni amalga oshirishda kasaba uyushmalarining o‘rni mavzusida anjumanlar tashkil qilindi.
Anjumanning asosiy maqsadi —maqolada belgilangan strategik vazifalar mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini ochib berish hamda mazkur yo‘nalishlarda kasaba uyushmalarining faol ishtirokiga qaratilgan taklif va mexanizmlar muhokama qilindi. Tadbirda kasaba uyushmalari xodimlari, aloqador hamkor tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirok etdilar.
Anjumanda “Markaziy Osiyoda ta’lim va ilm-fan integratsiyasi: barqaror rivojlanish uchun inson kapitalini yuksaltirish”, “Markaziy Osiyo yoshlarining birdamligini mustahkamlashda kasaba uyushmalarining ishtiroki”, “Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtiruvchi umumiy tarix va sivilizatsion uyg‘unlik: zamonaviy hamkorlikka asos”, “O‘zbek-turkman do‘stligi — mintaqaviy barqarorlik va hamkorlikning zamonaviy modeli”, “O‘zbek-qozoq do‘stligi — Markaziy Osiyoda birdamlik, tinchlik va rivojlanishni mustahkamlovchi omil”, “Mintaqaviy totuvlik va ishonchni mustahkamlashda madaniy aloqalarning o‘rni” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Prezidentimiz mazkur maqolada ilgari surgan fikr va mulohazalar mintaqadagi har bir inson taqdiriga daxldor bo‘lib, Markaziy Osiyodagi hamkorlikni mustahkamlash siyosiy maqsad emas, balki strategik zarurat ekanligi qayd etildi. Yaqin qo‘shnichilik munosabatlarining rivojlanishi Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni ham yangi bosqichga ko‘tardi.
2021-yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi tashkil etildi. Bugungi kunda Kengashga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Mo‘g‘uliston a’zo hisoblanadi. Kengash faoliyati nafaqat ijtimoiy xavfsizlik va mehnat muhofazasi sohalari, balki mintaqaviy hamkorlikning keng yo‘nalishlarini ham qamrab olmoqda.
Maqolada “Markaziy Osiyo yaqin o‘n yilliklarda qanday rivojlanadi” degan prinsipial savolga javobni birgalikda ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, u yuzadan beshta ustuvor yo‘nalish va strategik vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan. Barcha o‘tkazilgan anjumanlarda ushbu strategik vazifalar ijrosi, mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Qobil BOBOLOV,
viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

53 nafar fuqaro ishli boʻldi

Sho‘rchi tumanida “Murod shifo” xususiy tibbiy markazining ochilishi aholiga...

Yoshlarimiz sovrindor boʻldi

Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazilgan parayengil atletika bo‘yicha U-20...

Festival yakunlandi

Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali...

“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi...
KunTun
KunTun