Kitob – ma’naviyat manbayi

Date:

Termiz shahar politexnikumida kitobxonlik madaniyatini ommlashtirish, shuningdek, “Besh tashabbus”ning “Aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish” yo‘nalishlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida yozuvchi Tohir Malikning “Oxirat” nomli asarining mazmun-mohiyati o‘quvchi yoshlarga yetkazildi. Politexnikumning informatika fani o‘qituvchisi Sherzod Abdumurodovning bu tashabbusi barchada katta qiziqish uyg‘otdi va fikr-mulohazalar qiziqarli tarzda o‘tdi.

Ustoz kitobxonlikning inson tafakkuri va nutq madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni, kitob o‘qigan insonning nutqi ravon, fikri aniq bo‘lishi haqidagi ma’ruzasi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun