Rekordini yangiladi

Date:

Xitoylik sportchi Li Tszechuan Ginnes rekordlar kitobiga kirib, bir daqiqada 35 marta bir qo‘lda tortilish orqali yangi rekord o‘rnatdi. Sportchining aytishicha, u bu natijaga erishish uchun yetti yil davomida mashq qilib, so‘nggi uch oyda aynan shu harakat ustida intensiv shug‘ullangan.

Shu kuni u yana bir rekordni yangiladi: 40 funt (taxminan 18 kilogramm) og‘irlik osilgan holatda bir daqiqada 44 marta oddiy tortilish bajardi.

Ushbu mashqlar kalistenika deb ataladigan uslubga kiradi — bu tananing o‘z vazni bilan bajariladigan jismoniy mashqlar tizimi bo‘lib, asosan mushak kuchi, muvozanat va chidamlilikni oshirishga xizmat qiladi. Kalistenikaga tortilish, yerda qo‘l bilan ko‘tarilish, tizzani ko‘tarish va boshqa shunga o‘xshash harakatlar kiradi.

Oldinroq janubiy koreyalik O Yoxan ham Ginnes rekordiga erishgani, bu natijaga u 22 yil mehnat qilib yetgani aytilgandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘g‘irchoq teatri gastrol safarida

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga gastrol...

Talabalar tantanali kutib olindi

Termiz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan...

Chorva soni 1 ming boshdan oshdi

Muzrabot tumanining Fidokor mahallasida tadbirkor Zokir Suvonov tashabbusi bilan...

Ilk qadamdan katta marralar sari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2026/2027-o‘quv yili “Bir...
KunTun
KunTun