Shijoatli yoshlar finalda

Date:

“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi yosh avlod orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy sohaga qiziqishini oshirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mahallalar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Sport vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.

Musobaqaning final bosqichiga rasmiy tarzda start berildi. Ishtirokchilar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida qatnashdilar. Shuningdek, ular “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyurib, o‘z yurtining mard o‘g‘lonlari va shonli tarixini chuqurroq o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa bir necha saralash bosqichlarida o‘tkazilib, har bir bosqichda ishtirokchilar o‘zlarining aqliy salohiyati, ruhiy bardoshliligi va jismoniy tayyorgarligini namoyish etishdi. Final bosqichigacha 18-22 yosh oralig‘idagi yoshlardan tashkil topgan 14 jamoa saralab olindi. Yakuniy bosqich bellashuvlari 7 ta shart asosida o‘tkazilib, har bir shart qatnashchilarning intizomi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va murakkab vaziyatda qaror qabul qilish qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun