Fors ko‘rfazi falaj bo‘ldi

Date:

Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish tahdididan so‘ng, Fors ko‘rfazidagi vaziyat yomonlashdi: mingga yaqin kema bilan tirbandlik yuzaga keldi. Shuningdek, GPS tizimidagi uzilishlar kuchayib, to‘qnashuvlar xavfi oshdi.

Kema tashish kompaniyalari bo‘g‘oz orqali tranzitni faqat kunduzgi soatlar bilan cheklagan — endilikda kemalar odatdagi 24 soatlik harakat o‘rniga faqat 16-18 soat oralig‘ida suzib o‘tishi mumkin. Mintaqadan yuklarni olib chiqish logistikasining o‘zi ulkan muammoga aylangan.

Bundan tashqari, GPS signallariga to‘sqinlik sabab kemalar bilan aloqa tobora yo‘qolib borayotganini xabar qilinmoqda. Kemachilik kompaniyasi direktorlaridan biri hatto kemalarga hujumlar bo‘lmagan taqdirda ham to‘qnashuvlar ehtimoli juda yuqori ekanligini ta’kidlagan, chunki bunday sharoitda boshqa kemalarning aniq joylashuvini aniqlash imkonsiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun