2 mingta oilaga 500 tonna bugʻdoy tarqatildi

Date:

Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironlar va yolg‘iz keksalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiomoqda.

Qiziriq tumanidagi Paxtani qayta ishlash korxonasida tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi klasterlar, fermer xo‘jaliklari va saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan ajratilgan bug‘doy mahsulotlari ehtiyojmand oilalarga topshirildi.Shahar va tuman studiyalari to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan ushbu tadbir davomida viloyatning barcha hududlaridan 2 mingta oilaga jami 500 tonna bug‘doy tarqatildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, barchani Qurbon hayiti bilan tabrikladi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, hudud rahbarlariga har bir oilaga mahsulotlarni manzilli yetkazib berish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, mavsumda faol mehnat qilayotgan kombaynchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun