Qurbon hayiti munosib nishonlanadi

Date:

Surxondaryo viloyatida Qurbon hayitini milliy an’ana va urf-odatlarimizga monand tarzda o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rilayotir. Prezidentimizning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida vohada ulug‘ ayyomni munosib kutib olish, yuqori saviyada o‘tkazish, muqaddas islom dinining insonparvarlik g‘oyalari va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ulug‘lash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shunga ko‘ra, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjo va qabristonlar, mahalla, ko‘cha-kuy va ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish yumushlari boshlandi.

Ulug‘ ayyom kuni mo‘min-musulmonlar subhidamdan viloyatdagi 130 dan ortiq masjidda Qurbon hayiti namozini ado etadi. Ayni paytda masjidlarni tartibga keltirish, tevarak-atrofini obodonlashtirish barobarida aholining yong‘in, yo‘l harakati va boshqa xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Favqulodda yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Angor tumanidagi “Abu Iso at-Termiziy” jome masjidida tashkil etildi. Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari favqulodda davlat quyi xizmatlari hamkorligida masjidda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘in hodisalarining oldini olish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi. Shu kunlarda mutaxassislar vohadagi barcha jome masjidlarining yong‘in xavfsizligi holatini o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Bayramni yuqori saviyada xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda osoyishta o‘tkazish yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.

K.Normo‘minova,

TerDU talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun