Sayohat uyushtirildi…

Date:

   Mamlakatimizda tarixiy, madaniy va xushmanzara go‘shalar bisyor. Ana shunday e’tiborga molik joylarda bo‘lish, munosib xordiq chiqarish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Termiz tumanida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar va o‘quvchilar Samarqand shahriga sayohatga kuzatildi.

Tadbirda tuman hokimi Shuxrat Nazarov ishtirok etib, bu kabi ishlar tizimli amalga oshirilishi haqida so‘z yuritdi. Ushbu sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning qadimiy, boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan Registon maydoni, Shohizinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi kabi qadamjolar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. Dinara

Oldingi sahifaBandixonda “Aqlvoy” kezar
Keyingi sahifaOta

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun