“O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati viloyat Bosh boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan “Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Yig‘ilishda “O‘zmilliybank” AJ viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i kun tartibidagi masalaning dolzarbligi hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.Shuningdek, bankda korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini yaratish, bu qilmishning oqibatlari, qonunchilikda belgilangan jazolar haqida fikr yuritdi.
Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi banklarda korrupsiya, nepotizm, loqaydlik, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik sabab juda ko‘p korrupsion holat kelib chiqayotganligini, banklarda muammoli kreditlar salmog‘i oshib, iqtisodiy muammolar vujudga kelayotganligi, buning tub zamirida korrupsiya omili borligini aytib o‘tishdi. Xodimlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bir paytda korrupsiya, tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirildi.
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda xalq ravnaqi va farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan muhim va dolzarb masalalar qatorida Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi ham o‘ta muhim ahamiyatni kasb etadi. Bu borada ko‘plab chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Bank idoralaridagi vakant lavozimlarga kadrlarni tanlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan va ularning mijozlar bilan muomala madaniyatiga rioya qilgan holda muloqotga kirishishlari ta’minlanib kelinmoqda. Bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, kredit ajratilishida garov mulkining umumiy qiymatiga alohida e’tibor qaratilib, korrupsion holatlarning oldini olish nazorati kuchaytirilgan.
Takidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati va ish jarayonlari shaffofligini ta’minlash, ishga qabul qilish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikka erishishdir.
O‘tkir RAJABOV,
“O‘zmilliybank” AJ viloyat
Bosh boshqarmasi boshlig‘i
Burhon Hakimov,
Bosh boshqarma bosh mutaxassisi