Xotin-qizlar talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Date:

Surxondaryo viloyatida barcha sohalarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur yo‘nalishlardagi ishlar holatini o‘rganish maqsadida Qiziriq va Bandixon tumanlariga tashrif buyurdi.

Xususan, Qiziriq tumanidagi “Kasbiy ko‘nikmalar markazi”da ishsiz xotin-qizlarni gilamchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari bilan tanishildi. Shuningdek, “Yangi kent” mahallasidan bo‘lgan tadbirkor Matluba Alimovaning milliy hunarmandchilik — chavandozlik va tomorqachilik anjomlari tayyorlash borasidagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish hamda hunarmand ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tashrif doirasida viloyat rahbari Qiziriq tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bandixon tumanida esa mehmonxona va milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish nuqtalari qurilishi, oilaviy korxonada mebel ishlab chiqarish hamda “Oila maktabi”da yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Loyihalarni namunaviy tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun