Tomorqasidan foydalanmagan imtiyozlardan mahrum

Date:

Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, “mahalla yettiligi” tomorqa egalari va ijara asosida yer maydonlari olgan aholi bilan uchrashadi va aholiga yuqori daromadli ekinlar ekish boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni, kooperativlarga aʼzo boʻlib ishlash imkoniyatlari, urugʻlik va koʻchatlar hamda mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash (yetakchi tadbirkor orqali, bank krediti yoki oʻz mablagʻi hisobidan sotib olish) va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish shartlarini tushuntiradi.
Shuningdek, “yettilik” mini-traktor va motokultivator olgan aholini aniqlab, ulardan kichik guruhlar shakllantiradi va xonadonlar talabiga koʻra, tomorqalarni ekinga tayyorlaydi. Tomorqa egalari va dehqon xoʻjaliklari bilan uchrashuv yakunlariga koʻra, ular ekiladigan ekin turlari boʻyicha takliflarni (tasdiqlash uchun) mahalla fuqarolar yigʻini kengashiga kiritadi.
“Mahalla yettiligi” aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish boʻyicha har chorakda oʻrganish olib boradi.
“Yettilik” xulosasiga asosan aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlariga ekin ekmagan yoki samarasiz foydalanayotgan shaxslarga nisbatan quyidagi taʼsirchan choralar koʻriladi. Bunday fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratilmaydi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar toʻxtatiladi. “Onlayn mahalla” elektron platformasi maʼlumotlari asosida ekin ekilmaganligi aniqlangan yil uchun yer soligʻi stavkasi uch karra miqdorida hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun