Qon bosimini tushirishning oddiy usuli topildi

Date:

Surrey universiteti olimlari kakao, choy, olma va uzum tarkibidagi tabiiy flavan birikmalari qon bosimini tartibga solish va qon tomirlarining sog‘lig‘ini yaxshilashga yordam berishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Yevropa Profilaktik Kardiologiya jurnalida (EJPC) chop etildi.
Ilgari chop etilgan 145 ta tadqiqot tahlili shuni ko‘rsatdiki, flavanlarga boy oziq-ovqatlarni muntazam iste’mol qilish, ayniqsa qon bosimi bo‘lgan odamlar uchun samarali bo‘ladi. Ba’zi hollarda ta’sirni qon bosimini tushiruvchi dorilar bilan solishtirish mumkin.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar ularning elastikligi va umumiy holati uchun mas’ul bo‘lgan qon tomirlarining ichki hujayra qoplamasi – endoteliy funksiyasining yaxshilanishini qayd etdilar. Bu ijobiy ta’sir qon bosimi darajasi o‘zgarishsiz qolganda ham kuzatildi, mazkur omil yurak-qon tomir tizimining umumiy mustahkamlanishini ko‘rsatadi.
«Yangi topilmalar yurakni sog‘lom saqlashning arzon usullarini izlayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin», dedi tadqiqotning yetakchi muallifi professor Kristian Xeys. «Ratsioningizga quyuq shokolad, olma yoki choy kabi oziq-ovqatlarni kiritish qon bosimingizni pasaytirish yo‘lidagi oddiy va yoqimli qadam bo‘lishi mumkin.»
Olimlar, shuningdek, flavanollar davolash o‘rnini bosmasligini, balki sog‘lom turmush tarziga foydali qo‘shimcha bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar.

Oldingi sahifaYerda hayot tugaydimi?
Keyingi sahifaMarsda okean topildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun