O‘zbekiston—Xitoy: vizasiz rejim kuchga kiradi

Date:

O‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolar ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun 30 kundan oshmaydigan muddatda viza talablaridan ozod qilinadi. Vizasiz rejim mehnat faoliyati, o‘qish va media faoliyati bilan shug‘ullanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim (Chendu, 2024-yil 1-dekabr) kuchga kirishi uchun davlat ichki protseduralari tugallandi. Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, ko‘rsatilgan xalqaro shartnomaning qoidalariga binoan, bitim 2025-yil 1-iyundan e’tiboran kuchga kiradi.

Bunda ikki davlat fuqarolari davlatlari hududiga har bir kirish va bo‘lish muddati 30 kundan oshmasligi lozim. Agar fuqarolar 30 kundan ortiq qolishlari kerak bo‘lsa, ular kirish vizasini oldindan olishlari lozim.

Ko‘rsatilgan bitim Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlariga tashrif buyurishga nisbatan amal qilmaydi. 

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Amaliy choralar ko‘rildi

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash...

“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga...

41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Ustozlarga ehtirom

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida...
KunTun
KunTun