VAXSHIVORLIK TASAVVUF KUYCHISI HAQIDA CHIZGILAR

Date:

Gulandom Tog‘ayeva she’riyati zo‘r iztirobi, samimiyatga yo‘g‘rilgani, darveshona ruhi bilan muxlislar e’tiborini qozongan. Shoiraning “Ishq handasasi” she’riy to‘plamidan uning turli yillarda yozilgan eng sara she’rlari o‘rin olgan. Uning she’rlarida beg‘uborlik, jo‘shqinlik, teran mung, ishq, o‘zbek qizining ibo-hayosi, andishasi, bir so‘z bilan aytganda, nozik qalb jozibasi bor bo‘yi bilan namoyon bo‘ladi. Beg‘ubor tuyg‘ular jilosi, betakror ohang harorati adabiyot ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi. Gulandom Tog‘ayevaning “Ajdodlar xazinasi”, “Shukrona”, “Ilm qudrati”, “Saodatli umr” kabi bir qancha teleloyihalari tomoshabinlar e’tiborini qozongan. Shuningdek, “Chaqmoq xo‘rsiniqlari”, “Muhabbat asri”, “Men izlagan kema”, “O‘n yetti yoshlilar mamlakati”, “Suvaydoga yo‘l”, “Ishq handasasi” kabi she’riy to‘plamlari nashr qilingan. Asarlarining har biri qalblarning to‘ridan joy olishga ulgurgan.
Gulandom Tog‘ayeva – ruhiyat shoirasi. Qalbida she’r isyon boshlagan qizning iqrorini qarang:
Tunlar tun uyqumni o‘g‘rilaydi she’r,
Ash’orsiz shomlarni uncha suymayman.
O‘tdanmas, zavqdanmas yurakdagi qo‘r,
Shoir yulduzlarga boqib to‘ymayman.
Tegramda tirik ruh, xayollar faqat”
deb yozgan shoiraning ruhiy sarbalandligini, qamrovini tasavvur qilish qiyin emas. Odam qachon xayolni tirik ruh deb biladi? Ojiz banda ko‘zga ko‘rinmas kuchlar ko‘z ilg‘agan dunyo bilan baqamti ekanini his eta boshlagan chog‘da bu olam ham ruhlar olami ekanini anglaydi.
Ijodkor nafaqat oshiqona tuyg‘ular egasi, balki ilm yo‘lidagi haqiqiy olimalardan ham hisoblanadi. “Matbuot va tasavvuf”, “Ezgulikning badiiy in’ikosi”, “Milliy tafakkur poetikasi qirralari” kabi risolalari, “Tasavvuf adabiyoti va Farididdin Attor ijodi” nomli 2 ta monografiyasi, “Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” nomli darsligi va boshqa ko‘plab o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan. 2011-yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 20 ga yaqin talabaning bitiruv malakaviy ishlari, 10 ga yaqin
magistrning dissertatsi-yalariga rahbarlik qilgan. Ilmiy faoliyatining yorqin namunalari sifatida
50 ga yaqin maqola va tezislari xalqaro va milliy jurnal, konferensiyalarda e’lon qilib kelinmoqda.
Ijodkorning “Ishq handasasi” kitobi hozirgi o‘zbek she’riyatiga yangicha ruh, yangicha qadam bilan kirib keldi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ijodkorning kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan kitobga Shuhrat Azizov muharrirlik qilgan. Ijodkorning yana bir muhim xislatini bu uning she’r yozdim deya olamga jar solmasligi, ko‘ksiga urmasligidir. Turkiy adabiyotning durdonalari ham uning “qozonida qaynab”, o‘z maromiga yetgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, adabiyotshunos, yozuvchi Olim Toshboyev ham “Bujur tosh” nomli maqolasida
ijodkorning yoshlik yillari haqida ba’zi xotiralarni eslab shunday yozadi: “Iste’dodli shoira Gulandom Tog‘ayevaning “Ishq handasasi” kitobini
o‘qib, xayolim olislarga ketdi. 1989-yil… ToshDU jurnalistika fakultetining 1-kursida o‘qiymiz. O‘quvchilik yillaridayoq “Tong yulduzi”, “G‘uncha”, “Gulxan” kabi adabiy nashrlarda turkumlari e’lon qilingan Gulandom Tog‘ayeva kursimizda eng mashhur talaba edi… Xullas, talaba bo‘lganimizga bir quvongan bo‘lsak, yaqin tanish-bilishlarga “Gulandom Tog‘ayeva biz bilan o‘qiydi” deya ikki bor quvonganmiz.
Qadrdon oshnam Zokir Xudoyshukur bilan talabalar yotoqxonasiga borsak, albatta, Gulandomni izlardik. Egnida beqasam chopon, boshida zarro‘mol, o‘ziga xos tabassum bilan kutib oladigan egachimiz Toshkentda qolib ijod qilish haqida gap boshlaganida biz nodonlar o‘ylab ham ko‘rmagan edik”.
Har qaysi ijodkor o‘zicha bir olam. Yozuvchi yoki shoir asarlarida aks etgan hayot haqiqatlari, aslida, ana shu olamning turfa manzaralaridir.

Diyorbek TURG‘UNPO‘LATOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammoga zamonaviy yechim bor

Bugungi kunda onlayn platformalar foydalanuvchilari qanday huquqlarga egaligi borasida...

Uchrashuv

Oktyabr oyi bo‘lishiga qaramay, kun juda issiq, g‘ir etgan...

Ovozi baralla yangradi

San’atning sehri, jozibali ohanrabosi bor. Ayniqsa, milliy san’atimiz, xalq...

USTOZ – KOMILLIKKA YETAKLAYDI

Ustoz — millatni ulug‘likka yetaklaydi, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartiradi....
KunTun
KunTun