Adabiyot va ilhom uchrashuvi

Date:

Adabiy muhit yaratilgan joyda yoshlarda ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Ijodkor, adabiyotga oshno odamda esa faqat yaratuvchanlik, ezgulik ulashishdek hislatlarni kutamiz. Termiz davlat universitetida ham ana shunday muhit yaratilgan va universitetda ijodkorlar bilan navbatdagi adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Salim Ashur, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurillo Chori va Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurodov ishtirok etdi.
Ular talabalar bilan samimiy suhbat qurib, o‘z ijodiy yo‘llari, adabiy qarashlari va zamonaviy adabiyotdagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdilar. She’r va nasriy asarlaridan namunalar o‘qib, adabiyotning ma’naviy tarbiya va tafakkurdagi o‘rnini ta’kidladilar.
Tadbirda talaba-yoshlar ham o‘z ijod namunalari bilan qatnashib, mehmonlar bilan savol-javob tarzida muloqot qilishdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda va ularni milliy adabiyotga qiziqtirishda muhim ahamiyatga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun