Ajdodlar merosiga ehtirom

Date:

Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Milliy qadriyatlar” festivali yurtimizning boy tarixiy merosi, urf-odat va an’analarini keng omma va yosh avlod orasida targ‘ib etishga qaratilgan ezgu maqsadni o‘zida mujassam etdi.

Festival davomida milliy o‘yinlar, xalqimizning og‘zaki ijod namunalari, qadimiy kuy va ohanglar, bejirim tikilgan milliy liboslar, taomlar, o‘ziga xos udum va marosimlar keng namoyish etildi.

Tadbir nafaqat yoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi, balki asrlar silsilasida sayqallanib kelgan qadriyatlarimizning hayotiyligini, ularning bugun ham dolzarb ekanini yana bir bor namoyon etdi. Festival – bu milliylik bayrami, qadriyatlarimizga bo‘lgan sadoqat ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun