Ish bilganga balli!

Date:

Bedana boqish va ko‘paytirish iqtisodiy jihatdan yaxshigina daromadli sohaga aylangan. Bedana ancha mahsuldor bo‘lib, modasi bir yilda 250-255 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Bedana go‘shti va tuxumlarining g‘aroyib shifobaxsh xususiyatlari sababli unga doim talab yuqori.
Buni yaxshi anglagan Sho‘rchi tumanidagi “Elbayon” mahallasida yashovchi Munisa Rahmonova uyida bedana boqishni boshladi.
— Dastlab bedanalarimiz soni 700 tani tashkil etardi, — deydi Munisa Rahmonova. — Hozirda ularning soni ikki mingtaga yetdi. Bedanalar bir kecha-kunduzda 2-3 marta oziqlantiriladi. Omixta yemi tarkibida don-un (arpa, suli, maydalangan makkajo‘xori unlari aralashmasi bo‘ladi. Bitta bedana olti oy davomida taxminan 130 tacha tuxum beradi).
Quvonchli tomoni Munisa Rahmonova turmush o‘rtog‘ining ko‘magi bilan bedana jo‘jalari inkubator yordamida ko‘paytirmoqda. Kelgusida faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan Munisa Rahmonova mahalladoshlariga ham bedana boqish sir-sinoatlarini o‘rgatmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun