Qator oralaridan ham samarali foydalaniladi

Date:

Ekin-tikin qilish, bogʻdorchilik vohamiz ahlining asosiy yumushi hisoblanadi. Bu bilan dasturxonlari toʻkin, xonadonlari obod. Bogʻ, tokzorlar yaratgan fermer-u dehqonlarimiz yerning bir qarichidan ham unumli foydalangan holda qator oralariga ekin ekish tajribasini ham sinab koʻrib, allaqachon buning foydasini ham koʻrishgan.

Ayni tajribani ommalashtirish maqsadida Sherobod tumanining “Majnuntol” mahallasida joylashgan “Bog‘i hayot” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida bog‘-tok qator oralaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, tuman fermerlar kengashi mas’ullari, bog‘-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, o‘simliklar karantini va himoyachi bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.

Unda bog‘-tok qator oralaridan samarali foydalanish, xususan, bahorgi ekinlarni ekish, daraxtlarga ishlov berish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Xususan, “Bog‘i hayot” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi 6 gektar yer maydoni bog‘ tok oralariga 5 gektarga piyoz ekilib, piyozdan bo‘shagan maydonga sabzavot ekinlari ekilmoqda.

Shuningdek, bahorgi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arslonbek mutlaq gʻolib

Uzunlik iqtidorli sportchi Komilov Arslonbek para powerlifting yo‘nalishida yirik...

Sutni qayta ishlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Muzrabot tumanining eng olis va chegara hududlaridan biri bo‘lgan...

Muzrabotning “Stela”si qurilmoqda

Muzrabot tumanining kirish qismida barpo etilayotgan “Stela” monumenti qurilish...

Jarayon nazorat ostida

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov umumiy o‘rta ta’lim maktablarida...
KunTun
KunTun