Saboq

Date:

Xitoyda bir kishi shunday och va charchagan ediki, chiday olmay nok o‘g‘irlab yedi odamlar o‘g‘rini ushlab, jazolash uchun imperator huzuriga olib kelishdi.
O‘g‘ri imperatorni ko‘rib, unga dedi: Hurmatli Imperator, men och edim, chiday olmadim, o‘g‘irlab yedim. Meni kechirishingizni iltimos qilaman. Agar meni kechirsangiz, siz uchun bebaho sovg‘a bor deydi.
Imperator istehzoli kuldi: Senga o‘xshagan odamda mendek imperator uchun qiymatli bo‘lgan nima bo‘lishi mumkin?
O‘g‘ri kaftidagi nok urug‘ini uzatadi va: Agar siz bu urug‘ni eksangiz, oltin meva beradigan daraxt bir kunda o‘sib chiqishini ko‘rasiz deydi.
Imperator kulib: Unday bo‘lsa, oltin mevalarni ko‘rsam, kechiraman dedi.
O‘g‘ri: Imperator hazratlari, men bu urug‘ni eka olmayman, chunki men o‘g‘riman. Bu urug‘ni faqat umrida o‘g‘irlik qilmagan, boshqalarga nisbatan adolatsizlik qilmagan, yolg‘on gapirmagan odam eksagina oltin meva beradi. Aks holda uni ekganni zaharlab, misli qurilmagan dard bilan o‘ldiradi. Sultonim, bu urug‘ni faqat siz eka olasiz.
Imperator qovog‘ini chimirdi, bir muddat o‘yladi, so‘ng qo‘pol ovoz bilan: Men bog‘bon emas, imperatorman, o‘sha urug‘ni bosh vazirga bering dedi.
O‘g‘ri urug‘ni bosh vazirga uzatganda, bosh vazir vahima ichida imperatorga yuzlanib, e’tiroz bildirdi: Ekish va parvarishlashda men juda no‘noqman hazratim, sehrli urug‘ni isrof qilaman. Menimcha, bu urug‘ni xazinachi ekishi kerak.
Bosh g‘aznachi darhol bahona topib: Bu vazifani boshqa birovga topshirdi.
U yerda bo‘lganlarning barchasi birin-ketin bahona topib urug‘ ekish vazifasidan qochishdi.
Keyin imperator vujudga kelayotgan sukunatda biroz uylanib qoldi. U ro‘parasidagi bosh vazir, g‘aznachi va barcha amaldorlarga tikilib.
Keling, bu o‘g‘riga urug‘ning oltin meva berishini va uni xursand qilishini birgalikda ko‘rsatamiz dedi. Cho‘ntagidan bir tilla tanga olib, o‘g‘ri ushlab oladigan qilib irg‘itdi. So‘ngra hamma sekin cho‘ntagidan oltin chiqarib o‘g‘riga bergunicha kutib turdi.
Keyin kulib: yo‘qol bu yerdan ey O‘g‘ri, bu saboq bugun hammamizga yetarli dedi.
Siz eka olarmidingiz?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun