Muammoga munosib yechim

Date:

21-oktabr – “Oʻzbek tili bayrami” kuni. Ushbu sana munosabati bilan “Davlat tilini rivojlantirishda innovatsion yechimlar” mavzusida oʻtkazilgan tadbirda ikki muhim loyiha – Yuridik atamalar elektron lugʻati (tezaurus) va oʻzbek ismlarining izohli imlo lugʻati jamoatchilikka taqdim etildi.
Yuridik terminlar tizimini tartibga solish (unifikatsiyalash va standartlashtirish) hamda shu asosda mamlakatimizda barcha huquq-sudlov tizimi uchun yuridik terminlar tezaurusining yagona elektron platformasini ishlab chiqish ehtiyoji mavjud edi. Ushbu vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida “Yuridik terminlar elektron tezaurusi va innovatsion multimedia portali” ishlab chiqildi.
Bugungi kunda jami 3236 ta yuridik termin va tushunchaning tezaurus lugʻat maqolasi tayyorlangan, ulardan 2116 tasi thesaurus.tsul.uz platformasiga joylangan, 1126 ta termin ekspertiza bosqichida. Platforma orqali fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish darajasini oshirish, markazlashgan elektron bazalarni yaratish, boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan elektron tarzda maʼlumot almashishni tashkillashtirish boʻyicha bir qator natijalarga erishish kutilmoqda.
Jumladan, ushbu platforma “Qonun hujjatlari maʼlumotlari Milliy bazasi” (Lex.uz tizimi) yanada rivojlantirilishiga hissa qoʻshadi. Shuningdek, uning “Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari yagona elektron arxivi”, “Notariuslar maʼlumotlarining avtomatlashtirilgan tizimi” va Sud departamentining “E-ijro” axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi ularda qoʻllaniladigan yuridik terminlar unifikatsiyasiga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda Davlat xizmatlari tizimida, xususan, FHDY boʻlimlarida, shuningdek, fuqarolik pasportlarini rasmiylashtirish jarayonida oʻzbek ismlarining lotin hamda kirill alifbosidagi imlosi, ismlar maʼnosi izohi, shuningdek, pasport tizimida ularning ingliz tilidagi variantining toʻgʻri yozilishida qator muammolar mavjud. Shuningdek, tilimiz yangi ismlar bilan boyitilgan bir jarayonda ularning imlosi bilan bogʻliq muammolarga yechim sifatida “Oʻzbek ismlarining izohli imlo lugʻati” hamda uning mobil ilovasi yaratildi.
Hozirda portalda 10 ming atrofida ismlar mavjud. Xususan, arabcha, oʻzbekcha, turkcha, tatarcha, moʻgʻulcha, yunoncha, suryoniycha, pahlaviycha, yahudiycha, soʻgʻdcha, oʻzbekcha-qadimiy turkcha ismlar keltirilgan.

Oldingi sahifaYana bir imtiyoz…
Keyingi sahifaDastur mezonlari amalda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekspert kengashi tashkil etiladi

 “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari...

Muz giganti qirg‘oqqa tegsa…

Grenlandiyadagi Inarsuit qishlog‘i qirg‘oqlari va uylarga titanik hajmdagi aysberg...

Yordami va ko‘magiga tayanamiz

Yozning jazirama issig‘idan yashirinib o‘zimizga soya-salqin boshpana izlaymiz. Shunday...

Mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llaniladimi?

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm,...
KunTun
KunTun