…sud bojidan ozod etildi

Date:

Ba’zida davlat boji va soliq to‘lovlaridan cho‘chib, yangi ishni boshlamay qo‘ya qolamiz. Boshlanajak ish daromad beradimi-yo‘qmi degan ikkilanish rejalarimizga tushov bo‘ladi. Qolaversa, qandaydir muammodan aziyat chekayotgan tadbirkor ham sudga murojaat qilish uchun ma’lum to‘lov, ya’ni davlat boji borligi sabab huquqlari poymol bo‘lib kelaveradi. Ana shunday muammolarni bartaraf etadigan qarorning qabul qilinishi esa ko‘pchilik uchun manfaatli bo‘ldi deyish mumkin. Fikrlarimizning davomi sifatida aytish kerakki, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etilmoqda.
Bu bo‘yicha “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqilayotir. Gap shundaki, amaldagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 8-, 9- va 10-moddalarida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari – o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan.
Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy sudlar va ma’muriy sudlarga da’vo ariza, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilinganda davlat bojidan ozod qilinishi nazarda tutilgan.
Sudlarga murojaat qilish uchun ajratilgan davlat boji to‘lovidan tejalgan mablag‘larni tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining va iste’molchilarning huquqlari yanada ishonchli himoya qilinishini ta’minlash uchun yo‘naltiriladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Milliy qo‘g‘irchoqlar festivalida

Bugungi kunda milliylikni targ‘ib etishga, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida...

“Global iqlim sharoitiga tayyor turish kerak”

Surxon vohasi qadimdan turizm o‘chog‘i bo‘lib kelganligi barchamizga ma’lum....

Aholi xabardorligini oshirish maqsadida…

Ombudsmanga davlat organlari va idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari...

Imtiyozli muddat uzaytirildi

Yosh avlodni bog‘chaga qamrovini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida...
KunTun
KunTun