«Termiz» erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi

Date:

Prezidentning “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga asosan “Boysun-farm” EIZ hududi Termiz” EIZ hududi tarkibiga qo‘shiladi. “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUK tugatiladi.

“Boysun-farm” EIZ ishtirokchilari “Boysun-farm” EIZ tugatilgan kundan boshlab “Termiz” EIZ ishtirokchisi hisoblanadi. Bunda, ulardan “Termiz” EIZ ishtirokchilari reyestriga kiritilganlik uchun to‘lov undirilmaydi. “Termiz” EIZ ishtirokchisiga aylangan tadbirkorlik sub’yektlariga qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar va kafolatlar to‘liq qo‘llaniladi.

“Termiz” EIZning hududida, shu jumladan qo‘shib berilgan hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish prezidentning PF-5600-son farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun