Surxondaryoda viloyat hokimligi bog‘i tashkil etilmoqda. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov birinchi ko‘chatni ekdi.

Date:

Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida ishlar Surxondaryo viloyatida qizg‘in davom etmoqda. Unda viloyatdagi nuroniylar, yoshlar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.

E’tiborlisi, vohadagi foydalanishdan chiqqan yerlarda viloyat sektor rahbarlari boshchiligida, viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB hamda viloyat DSBning mevali bog‘lari tashkil etilmoqda.

Bugun, viloyat hokimligi uchun ajratilgan Angor tumani Kattaqum mahallasi hududidagi 4 gektar foydalanishdan chiqqan yer maydonida mevali bog‘ tashkil etilib, viloyat hokimligi xodimlari tomonidan 2000 dona o‘rik ko‘chatlari ekildi.

Mevali bog‘da viloyat hokimi To‘ra Bobolov hamda viloyat prokurori Sadriddin Turdiyevlar dastlabki ko‘chatlarni ekishdi.

Ma’lumot o‘rnida, viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 16 million, shu jumladan, kuz oylarida 6 million tup mevali va manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, 2 million 117 mingga yaqini ekib bo‘lindi. Bugunning o‘zida vohada 164 ming 500 dan ziyod daraxt ekildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun