Бош саҳифа / Жамият / Zabonsiz tuyg‘ular

Zabonsiz tuyg‘ular

Termiz tumanidagi “Uchqizil” mahallasida bo‘lganimizda qiziq voqeaning guvohi bo‘ldik. Ikki qizcha gapni bir biriga bermay ham gapirib, ham qo‘l harakatlari bilan onasiga nimalarnidir tushuntirishga urinar, u esa bosh irg‘ab qo‘yardi. Yonida turgan otasi ham xatti-harakatlari bilan ularga qo‘shilib o‘z til-larida gaplashishardi. Bu esa diqqatimizni tortdi. Hamkasbim bilan ularga yaqinlashdik. Ayon bo‘ldiki, biyron so‘zlayotgan bu norasidalarning ota-onasida zabon yo‘q. Ular dilidagini tiliga chiqara olmasa-da, bu kemtiklikni mehnat bilan, hunar bilan to‘ldirayotganiga nima deysiz?

Zabonsiz bo‘lsa ham ikkisining ham qo‘lida hunari bor. Rosti, imkoniyati cheklangan bo‘la turib, ko‘plarning hojatini chiqarishga bel bog‘lagan bu insonlar bilan suhbatga chog‘landim.

Avvaliga biroz cho‘chib, gapira olmaydigan kishilarga fikrimnida, ular haqida, maqola yozmoqchi ekanimni tushuntirishga qiynalsam, ular nima deyayotganini tushunmasam, bundan qanday naf chiqadi, degan hadik bilan gap boshladim. To‘g‘rirog‘i, imo-ishoralar bilan fikrimni tushuntirishga kirishdim.

Bu galgi qahramonlarimiz dunyoni o‘z tilida tushunib, anglab, hayot falsafasini qo‘l harakatlari, yuz mimikalari, ko‘z qarashlari ila farzandlariga anglatib yashayotgan, ularni eldan kam qilmay o‘stirayotgan Ozodmurod Aliyev va u kishining turmush o‘rtog‘i Turdixol Elmurodova ekan.

Suhbatimiz boshida 6 yoshli Jasmina menga ota-onasining fikrlarini, mening gap-so‘zlarimni esa ularga tushuntirib turdi. Opasi  Sevinch esa maktab o‘quvchisi. U dars mashg‘ulotlarini bajarayotgan ekan. Otasi esa uning kundalikdagi baholarini, yozuvlariyu, chizgan rasmlarini ko‘zdan kechirardi.

Turdixol opa, o‘zi qo‘l mehnati, tikuv mashinasida tikkan, qavigan nar-salarini ko‘rsatar ekan, qo‘lidagi telefonidan suratlar ko‘rsatadi. Bundan angladimki, internetdan andozalar olib liboslar, ayollar va erkaklar nimchalarini, choynak yopgichdan tortib, ko‘rpa qavish namunalarini yuklab olib rasmlardagidek tikishga harakat qilar ekan. Shu payt suhbatimizga qo‘shni bir ayol ham kelib qo‘-shildi. Uning aytishicha, Turdixol opa mahalladagi ayollarning kiyimlarini tikib berarkan. Qizlarning sepidagi ko‘rpa-yostiqlarini ham qavib berish orqali yaxshigina moddiy manfaat ham ko‘rarkan. Faqat bitta muammoli tomoni shundaki, tayyorlayotgan buyumlarini, quroqlari-yu choynak yopgichlarini qo‘lda ko‘tarib, bozorma-bozor olib yurib sotishga urinarkan. Ammo, shunda ham Turdi-xol opa xursand. Turdixol opaning yuz-ko‘zidagi quvonchdan buni anglash qiyin emas.

Turmush o‘rtog‘i Ozodmurod aka esa mashinasida Termiz shahriga qatnab, shahar markazida etikdo‘zlik qilarkan. U kishining jinsi matosidan tikkan oyoq kiyimlarini ko‘rgan kishining dili yorishadi. Hunari uni ko‘plarga tanitib ulgurgan.

Bu oilada o‘ziga xos fayz bor. Er-xotin shunchalik inoqki, ko‘z qarashlari, mimikalar bilan bir birini so‘zsiz tushunishidan ta`sirlanmaslikning imkoni yo‘q.

Bularni ko‘rib ba`zi bir to‘rt muchasi sog‘lom odamlar qilarga ish topolmaganidan urush-janjalga tutinishlarini, fisq-fujurga ruju qo‘yib, bekorchilikka mukka tushganini eslab xunobim oshadi. Bu oila esa aksincha, bir daqiqasini ham zoye ketkazishni istashmaydi.

Adolat Mo‘minova

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Деновдаги 81-мактабга электрон доска ҳадя қилинди

O’zLiDeP Денов тумани Кенгаши депутати С.Рашидова «Қуёшли юрт» маҳалласидан сайланган. Бугунга қадар депутат маҳалладаги кўплаб …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan