Бош саҳифа / Таълим / Yangi institut – yangi ishtiyoq

Yangi institut – yangi ishtiyoq

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor har doimgidan-da kuchayar ekan bunga javoban talab ham oshadi. Bu yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari-yu pedagog kadrlarga yuklanayotgan mas’uliyat va vazifalarda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.

Shu bois, pedagog salohiyatli bo‘lishi, o‘quvchiga esa yetarli darajada bilim bera olishi lozim. Joriy o‘quv yilida oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari esa ahvolning qay darajada ekanini ko‘rsatib berdi. Ba’zi maktablardan bitta ham o‘quvchi oliy ta’lim muassasalariga talaba bo‘la olmagani esa o‘sha maktabda ishlaydigan pedagoglarning yuzini shuvut qilib, obro‘sini to‘kkani aniq. Demak, yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj bor. Bu borada qilinayotgan ishlar, albatta, qisqa muddatda o‘zining ijobiy natijasini berishi maqsad qilingan.  Sohada ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etish, pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash zaruratidan kelib chiqib, so‘nggi yillarda pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi, xorijiy davlatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari ishlab chiqildi. Pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo‘shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg‘or ta’lim texnolo-giyalarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universiteti Peda-gogika instituti tashkil etiladigan bo‘ldi. Universitetning Termiz filiali hamda Muzrabot tumanidagi sobiq Muzrabot agroservis kasb-hunar kolleji bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda institut ixtiyoriga berildi.

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi va ushbu o‘quv yilidan boshlab Termiz davlat universitetida pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi hamda ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar o‘qishni bitirgunlariga qadar universitetda ta’lim jarayonini davom ettiradilar.

—  Institutga mutaxassisliklar bo‘yicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi, — deydi Termiz davlat universitetining ma’naviyat ishlari bo‘yicha rektor o‘rinbosari A. Abdusamadov. — Bitiruvchilarga ikkita kvalifikatsiya berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Institut Universitetning o‘quv va ilmiy laboratoriyalaridan, sport inshootlaridan hamda axbo-rot-resurs markazidan rejalash-tirilgan dars jarayonlariga ta’sir etmagan holda tekin foydalanadi. Institutga kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish universitet kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Tashkil etilgan institut pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta’lim j-rayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlaydi. Ilg‘or xalqaro tajriba tatbiq etilib, xorijiy fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyati ham kengayadi. Ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, fan dasturlari ishlab chiqilib, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta’minotni takomillashtiriladi va amaliyotga joriy etiladi.

Qolaversa, respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish maqsad qilingan. Xalqaro baholash dasturlari va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarini tayyorlash esa institutning bosh vazifasidir.

Sayora Allayeva

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

5 август куни ОТМга кириш имтиҳонлари бошланади

Бу йилги тест синовлари икки сменада ўтказилади: 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да Surxondaryo viloyatida …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan