Yangi bekatlarda do‘konlarni joylashtirish taqiqlanadi… mi?

Date:

Bekatlar yo‘lovchilarning avtobus kutadigan joy bo‘lishi bilan birga tadbirkorlarning o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yadigan, mo‘may daromad keltiradigan nuqtaga aylanib ulgurgan. Buni shahrimizdagi “Aqlli bekat”lar misolida ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, bekatlarning yo‘lovchi kutadigan joyi ovqatlanish, yengil tamaddi qilish joyiga aylanib borayotgani odamlarning u yerga kirib avtobus kutishiga to‘sqinlik qilayotgandek.
Tadbirkorlarning o‘zbilarmonlarcha bu taqlid ish tutishlari ko‘plab tuzatish va talablarning o‘zgarishiga sabab bo‘layotir. Qonunchilikka ko‘ra, Toshkent shahrida bekatlar yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali olgan tadbirkorlarga mazkur bekatlarda faqatgina reklama vositasi, bankomatlar va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga mo‘ljallangan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish (vending) avtomatlarini joylashtirishga ruxsat etiladigan bo‘ldi.
Qolaversa, yangi va rekonstruksiya qilinadigan bekatlar joylashtiriladigan yer maydonlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish taqiqlanadi (o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish (vending) avtomatlari bundan mustasno). Ushbu qonun shahrimizda faoliyat boshlaydigan bekatlarga ham joriy etilsa, ko‘plab tushunmovchiliklarga barham berilarmidi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sirojiddin Sayyid DTPIda

Poytaxtdan O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tashrif buyurdi. Bu...

Morxo‘r bolasining hayoti asrab qolindi

“Surxon” davlat qo‘riqxonasida 194 turdagi hayvon, 807 turdagi o‘simlik...

Aholi xavfsizligi uchun…

Tabiiy ofatlarning sodir bo‘lishi, sel kelib Qozog‘iston, Samarqand-u Surxondaryoning...

Sustkashlikka yo‘l qo‘yilganmi?

Bugungi kunda “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish maqsadida viloyatda e’tiborga...
KunTun
KunTun