Бош саҳифа / Жамият / Vijdon erkin, fitna behisob…

Vijdon erkin, fitna behisob…

Xalqimizda dinga munosabat yaxshi shakllangan. Boshqa din vakillariga haqorat ko‘zi bilan qarashmagan. Balki, ularga go‘zal axloq va xayrli ishlari bilan o‘rnak bo‘lishgan. Shaxslar o‘rtasida adovat qo‘zg‘atish, buzg‘unchi g‘oyalar bilan xalqni fitna va ixtiloflarga chaqirish dinimiz tomonidan ham qoralangan. Xanafiy mazhabining yirik olimlaridan biri imom Zaynuddin Birgiviy rahimahulloh “Tariqat ul-muhammadiya” asarining qirq sakkizinchi bo‘limida “Fitna” haqida alohida to‘xtalganini Imom Muhammad Xodimiy quyidagicha sharh beradi: ma’naviy illatlarning yana biri fitnachilikdir. Fitna deb odamlarni iztirob, ixtilof, mashaqqat va baloga giriftor qilishga aytiladi.

Masalan, xalqni bog‘iylikka tashviq qilish, podshoga qarshi chiqishga targ‘ib qilish, va’z aytishda tinglovchilarning saviyasini hisobga olmasdan tushunmovchilik keltirib chiqaruvchi murakkab tilda gapirish kabi holatlar umumma’noda fitnaga misol bo‘ladi.

Shuningdek, kitob mutolaa qilishda ehtiyotsizlik qilib, tushunib tushunmasdan ommaga noto‘g‘ri tushuncha berib qo‘yish ham fitna deyiladi va yana, jamoatchilik odatda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib ado qilayotgan ibodatlarini tark etishlariga sabab bo‘ladigan gaplar ham fitna bo‘ladi. “Fitna”, “ixtilof”, “yomon bid’at” va “zalolat”ning barchasi dinni bilmaslikdan, ajdodlar merosini o‘rganmaslikdan, milliy qadriyatlarimizni mensimaslikdan kelib chiqadi. Vijdon erkinligiga bo‘lgan kafolat bu bizning shaxsiy huquqlarimizning me’yoridan kelib chiqqan. Me’yor bo‘lgan joyda odob va farovonlik barqaror bo‘ladi. Qur’oni Karimda Alloh taolo marhamat qiladi: “Fitna qotillikdan ham yomondir” (Baqara surasi 217-oyat). Inson zoti eng oliy xilqat. Uning his tuyg‘ulari va shaxsiy e’tiqodi ham tabiatidan kelib chiqadi. Shu sababli bugungi axborotlashuv zamonida fitnachilar ataylab, g‘arazli niyatda har xil ma’lumotlarni tarqatayotganligi ayanchli hol. Biz esa bilib bilmay ularni ulashib, dushman tegirmoniga suv quyamiz. Aslida esa bu yerda ham sinov bor. Biz, avvalo, o‘sha xabarning qanchalar rost ekanini aniqlab, keyin u haqida so‘z ochishimiz kerak. Bir narsaga ergashishdan avval birinchi uni tekshirib ko‘rish va manfaatli ekanligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng izidan borish maqsadga muvofiqdir. Zero, Qur’oni Karim, hadisi sharif va mazhab sohiblarining ra’yi ham shunday.

Alloh taolo Qur’oni Karimda aytadi: ‘‘Ey iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar, bilmasdan bir qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chekib qolmanglar’’ (Hujurot surasi, 6-oyat). Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan esa quyidagi ko‘rsatma yetarli o‘gitdir: Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: ‘‘Kishining yolg‘onchi bo‘lishiga eshitgan narsasini gapiraverishi kifoya qiladi’’. Inson bu dunyoda hamisha sinovda bo‘lishini anglab yetishi lozim. Har bir ishni aql-u idrok bilan qilishi uning farovon hayot kechirishiga sababchi bo‘ladi.

Karomiddin Jamaxmatov,

Imom Termiziy xalqaro ilmiytadqiqot markazi

manbashunoslik bo‘limi boshlig‘i

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan