Unutilmas uchrashuv

Date:

General bo‘lishni orzu qilmagan askar — askar emas deyishadi. Haqiqatan ham er yigitlarimiz bolalikdanoq harbiy bo‘lishni, harbiylik libosini kiyishni bolalikdan orzu qilishadi. Bu orzu harbiy xizmatga ketguncha amalga oshadi dersiz. Yo‘q, bugungi zamon bolalari bu qadar uzoq kutishmaydi, maktab ta’limi davridayoq yoslarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ko‘zlovchi harbiy maktablar faoliyat yuritmoqdaki, yoshlarimiz egniga harbiylik libosini kiyib, harbiy xizmatdan kam bo‘lmagan shart-sharoitlarda o‘qib-o‘rganishayotgani tahsil olguvchi o‘quvchi-yoshlar qatori, ularning ota-onasini-da birdek quvontiradi, qalbini g‘urur-iftixorga to‘ldiradi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”da tarbiyalanayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yigitlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga Termiz harbiy prokurori adliya polkovnigi Sherzod Mirzayevdan batafsil javoblar oldi.
Aytish kerakki, yoshlar mazkur o‘quv yig‘ini davomida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga javoban yurt tinchligi va ravnaqi yoʻlida daxldorligini oshirib, mashgʻulotlarni mukammal egallashga hamda ertangi kunda mustaqil hayotga dadil qadam tashlashga o‘rganayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun