Бош саҳифа / Жамият / Turizmda xavfsiz tizim

Turizmda xavfsiz tizim

Karantinli kunlar, COVID-19 virusi solgan xavf tobora ortda qolayapti. Jamiyat mo‘tadil hayotga qaytib ulgurdi. Barcha sohalar qatori turizm ham to’xtagan faoliyatini yo’lga qo’yib, yurtimiz va chet ellik turistlarga xizmat ko’rsatishni boshlashi lozim. Boshlaganda ham xavfsiz turizmni yo’lga qo’yish davlat miqyosida ko’tarilgan muhim masaladir. Bu borada Turkiya davlati qo’llagan tajriba davlatimiz uchun har tomonlama mos va xos deyish mumkin. Endi yurtimizda ham xavfsiz va sog’lom turizm sertifikati joriy etiladi.

Qolaversa, 2020-yil 28-maydagi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi muhim farmoni turizm bozori ishtirokchilarini qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirilgan muhim imtiyoz va choralarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Termiz shahridagi “Matbuot uyi”da Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy bo’limi tomonidan matbuot anjumani tashkil etilib, xavfsiz va sog’lom turizmni tashkil etish, undan ko’zlangan talab, amalga oshirilgan ishlar borasida ma’lumotlar berildi. O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisi maslahatchisi, doktor Sadik Badak janoblari “O’zbekiston turizmi istiqbollari: mamlakatga valyuta kirimini ko’paytirish va jamiyat farovonligini oshirish” mavzusida ma’ruza o’qidi.

Xavfsiz va sogʻlom turizmni sertifikatlash dasturi turizm sohasidagi tashkilotlar tomonidan, turistik sektor mehmonlari va xodimlarining salomatligi, ularni tashish, joylashtirish borasidagi tadbiq qilinishi shart boʻlgan, keng koʻlamdagi tadbirlar ustidan oliy darajadagi nazoratni amalga oshiradi. Xalqaro sertifikatlash idoralari tomonidan beriladigan ushbu sertifikat, aviakompaniyalar, aeroportlar va boshqa transport obyektlari, turar joy sektori hamda jamoat ovqatlanish tashkilotlarida sogʻlikni saqlash, mehnat gigiyenasi boʻyicha yuqori talablarning bajarilishini tasdiqlaydi. Tizim mehmonlarning o‘z ta’tillarini xavfsiz va tozalikka rioya qilingan holda o‘tkazishini kafolatlashga yo‘naltirilgan.

O’z muxbirimiz

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Буюк Британия Қуролли Кучлари вазири бошчилигидаги делегация Термизга келди

Мамлакатимизга амалий ташриф билан келган Буюк Британия ва Шимолий Ирландия Бирлашган Қироллиги мудофаа вазирининг парламентар …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan