“Toza havo” oyligi: birinchi bosqich boshlandi

Date:

Insonlarga yaxshilik qilish qo‘limizdan kelmasa, yomonlik ham qilmaslikni o‘rganishimiz kerak. Ayni jihatlarni ekologiyani asrash jihatidan oladigan bo‘lsak, o‘zimizning xatti-harakatlarimizni taftish qilsak, nur ustiga nur. Ho‘sh, chiqindi tashlamayapmizmi? Suvni isrof yoki ifloslantirmayapmizmi? Mashinamizdan chiqayotgan tutunchi? U nechog‘lik tabiatga zarar? Bu haqida hech o‘ylab ko‘rdikmi? Albatta, “Mashinasiz kun”lar bekorga o‘tkazilmayotgandir…
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamkorligida Surxondaryo viloyatining patrul-post maskanlarida “Toza havo” oyligi tadbirining 1-bosqichi tashkil etilganining sababi ham shunda aslida. Oylikning 1- va 2-bosqichlari joriy yilning 10-apreldan 10-mayigacha, 10-avgustdan 10-sentyabrgacha bo‘lgan muddatlarda o‘tkaziladi. Ushbu tadbirlar viloyatimizning 2 ta YPX maskanida Termiz shahar “Manguzar” YPX maskani, Boysun tumani “Darband” YPX maskanida va bitta blokpost Uzun tumani “Bobotog‘” post maskanida hamda tuman, shahar markaziy ko‘chalarida amalga oshiriladi.
Tadbir davomida atmosfera havosiga belgilangan me’yor darajasidan yuqori tashlamalar chiqarayotgan transport vositalari aniqlanib, ularga nisbatan Yo‘l harakati xavfsizligi viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmoqda. Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham...

Pilla mavsumiga start berildi

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi....

Ijodkor yoshlar bellashdi

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni...

Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib...
KunTun
KunTun