Бош саҳифа / Жамият / “To’palang”dan obi hayot keladi

“To’palang”dan obi hayot keladi

Viloyatimizda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash eng muhim masalalardan. Zero, bugungi kunda viloyat aholisining 46 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. 218 ta suv inshooti va 3 ming kilometrdan ziyod tarmoqlar ta’mirga muhtoj. Viloyatning janubiy tumanlari va Termiz shahrida suv mineralizatsiyasi miqdori oshgan. Buning yechimi bormi?!

Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi chog‘ida ‘‘To‘palang’’ suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘i tortish bo‘yicha bergan ko‘rsatmasiga muvofiq, dastlabki loyiha ishlab chiqildi. Bu yechim bo‘lishi mumkin. ‘‘O‘zbekgidroenergo’’ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov taqdim etgan loyihaga ko‘ra, ‘‘To‘palang’’ suv omborining quyi qismida bosimni so‘ndirish, suvni tozalash va tarqatish inshootlari quriladi. U yerdan tumanlardagi suv taqsimlash uzellarigacha jami 361 kilometr quvur tortiladi. Bu tizim samarasida Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxshilanadi. Loyihaning umumiy qiymati 138 million AQSH dollari bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Uni 2024-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Dastlab, 400 kilometrlik magistral tarmoq yotqizilishi va xalqaro moliya institutlaridan 150 million AQSH dollari jalb etilishi haqida xabar berilgan edi. Davlatimiz rahbari mazkur loyihani ma’qullab, uni bosqichmabosqich amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Qurilish ishlarini ‘‘Obod qishloq’’ dasturi bilan uyg‘unlashtirish, suv ta’minoti bo‘yicha davlatxususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Demakki, kelgusi yillarda viloyat aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishida mazkur loyiha asos bo‘lib xizmat qiladi. Faqat ichimlik suviga ehtiyoj qonishi uchun qilinadigan ishlardan ko‘zlangan talab ham mavjudki, suvning isrof etilmasligiga erishish. Shu kunlarda Toshkent shahrining sug‘orish tizimi tanqid ostiga olinayotgani ham bejiz emas. Aholining, mutasaddilarning bu borada beparvoligi mazkur muammolarning yillar davomida shakllanishiga sabab bo‘lgan. Voha aholisining xonadoniga 2024-yilda to‘liq ichimlik suvi tizimi kirib boradi. Ma’lumot uchun, ‘‘To‘palang’’ suv omborini qurish ishlari qariyb 20 yil davom etgan. Sig‘imi 380 million kub metrdan 500 million kub metrga yetkazilgan. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi qarori bilan suv ombori ‘‘O‘zbekgidroenergo’’ tarkibiga o‘tkazilgan.

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ишончли вакилнинг сайловчилар билан учрашуви олис Бойсун туманидан бошланди

ЎзЛиДеПдан кўрсатилган номзод Шавкат Мирзиёевнинг Сурхондарё вилоятидаги ишончли вакили сайловчилар билан учрашувни воҳанинг олис ҳудудларидан …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan