Бош саҳифа / Жамият / Tibbiyotga mahallabay kirib boramiz

Tibbiyotga mahallabay kirib boramiz

— Bir necha yillardan buyon bel grijam bor, deya davolanib yurardim, — deydi Oltinsoy tumanidagi “Olmazor” mahallasida yashovchi fuqaro Xadicha Yoqubova.

— Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tganimdan keyin umurtqamda suyak yemirilishi boshlangani va bel grijasi deya noto‘g‘ri davolanib yurganim ayon bo‘ldi. Menga tuberkulyoz xastaligi tashxisi qo‘yildi va o‘sha zahoti yo‘llanma berildi. 10 kundan buyon Sil kasalliklari dispanserida davolanayapman. Agar ozgina kech qolganimda menda kasallik avj olib ketishi ham mumkin ekan. Shifokorlarning aytishiga qaraganda, ikki-uch oy yotib davolansam, tuzalib ketishim mumkin ekan. O‘zim “Termir daftar”da turaman, oilaviy sharoitim og‘ir. Ikki nafar farzandimga oladigan 16 yoshgacha nafaqa pulim bor-yo‘g‘i ularning maktabgacha ta`lim muassasasiga borishiga yetadi, xolos. Ayni paytda menda kalsiy yetishmovchiligi, qon kamligi ham bor ekan. Bular uchun esa dori-darmonga qo‘shimcha pul kerak…

Bugun sohalarga “mahallabay” kirib borish, muammo va masalalarni kerak bo‘lsa, uyma-uy yurib o‘rganish va bartaraf etishga har qachongidan ham ko‘proq e’tibor qaratilayotgani va mablag‘ sarfla-nayotgani quvonarli hol. Albatta, bu tizimning ortida Prezidentimizning taklif va tashabbuslari yotgani barchamizga ayon.

Joriy yilning 26-fevralida Yurtboshimiz rahbarligida o‘tkazilgan xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash davlat organlarining mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan videoselektorda ayollar muammolarini “mahallabay” o‘rganish va hal etish bilan bog‘liq masalalarga alohida urg‘u berildi. Ushbu masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari tashabbusi bilan aholi salomatligini saqlash, ayniqsa, ayollar salomatligiga e`ti-borni kuchaytirish maqsadida tibbiyotda ham “mahallabay” ish boshlab yuborildi. Xususan, Oltinsoy tumanidagi “Olmazor” va “Jilibuloq” mahallalarida “Ayolllar salomatligi oyligi” doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

—  Vohamizdagi 28 928 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, shundan 3 476 nafari tibbiy yordam ko‘rsatilishiga ehtiyojmand fuqarolardir, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari Abdug‘affor Abdullayev. — Shundan 405 nafari yuqori malakali tibbiy xizmatga ehtiyojmand. Sog‘liqni saqlashda biz ishni “mahallabay” tashkil etishdan boshladik. Buning uchun esa  Oltinsoyning “Jilibuloq” va “Ol-mazori”da chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvda tug‘ish yoshidagi, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar hamda o‘smir qizlar zamonaviy diagnostika apparatlar yordamida, malakali mutaxassilar ko‘magida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

Birgina “Olmazor”ning o‘zida  735 nafar tug‘ish yoshidagi ayoldan 712 nafari tekshiruvdan o‘tdi. Shularning orasidan 166 nafar ayolda kasallik aniqlandi. 34 nafar ayolda birlamchi kasallanish mavjud. Ushbu ayollarning 152 nafari tuman tibbiyot birlashmasida ambulator sharoitda, 8 nafari statsionar, 5 nafari viloyat, 1 nafari respublika darajasida davolanishi rejalashtirilib olindi. Mahalladagi 150 nafar tibbiy tekshiruvdan o‘tgan o‘smir qizlar orasida 141 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, 17 nafarida kasallik aniqlandi. Shundan 7 nafarida birlamchi kasallik mavjud.

“Olmazor” mahallasida tibbiy tekshiruvdan o‘tgan ayollar orasida 1 nafarida sil kasalligi, 2 nafarida xavfli o‘sma, 5 nafarining endokrin sohasida, 25 nafarida esa qon aylanish sohasida buzilishlar va boshqa turdagi kasalliklar aniqlandi.

Tug‘ish yoshidagi 683 nafar jilibuloqlik ayol ham chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 149 nafarida kasallik aniq-landi. 129 nafar ayol tuman tibbiyot birlashmasida ambulator sharoitda, 11 nafari statsionar, 7 nafari viloyat va 2 nafari respublika bosqichida davolanishi belgilandi.

Adolat Mo’minova

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Деновдаги 81-мактабга электрон доска ҳадя қилинди

O’zLiDeP Денов тумани Кенгаши депутати С.Рашидова «Қуёшли юрт» маҳалласидан сайланган. Бугунга қадар депутат маҳалладаги кўплаб …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan