Бош саҳифа / Жамият / Термизда 514 нафар хотин-қиз ишли бўлди

Термизда 514 нафар хотин-қиз ишли бўлди

Ma’lumotlarga ko‘ra, Termiz shahrida 180 ming nafar kishi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularning 89 ming nafarini xotinqizlar tashkil etadi. Shahardagi barcha mahallalarda ro‘yxatga olingan 23 ming nafar xotin-qizdan 3 639 nafari “Ayollar daftari” kiritilgandi hamda ularga 9 ta yo‘nalish bo‘yicha yordam ko‘rsatilmoqda.

 Ayonki, ko‘pchilik oilalarda kelishmovchilik va nizolar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri bu — yetishmovchilikdir. Bozor iqtisodi talablari va narx-navoning o‘sib borishi tufayli oilada erkak topayotgan daromad ba’zida ro‘zg‘or ehtiyojini qondirolmayapti. Boz ustiga, barcha oilalarda ham erkaklar to‘liq ishlayotgani yo‘q. Aksari ham muqim ish joyiga ham ega emas.

Ayniqsa, shahar sharoitida yashovchi aholiga kunlik xarajatlardan tashqari kommunal xizmatlar to‘lovi ham og‘irlik qiladi. Ayniqsa, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga xuddi qishloqlardagidek tomorqada dehqonchilik qilish, chorva mollari boqish imkoni yo‘q. Bir bog‘ ko‘kat ham bozordan xarid qilinadi. Oilalarda erkak qatori ayol ham ishli bo‘lsa, daromad topsa muammolar o‘z-o‘zidan hal bo‘laveradi. Shuning uchun shaharda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilyapti. O‘tgan vaqt mobaynida shahar hududidagi korxona, tashkilot, muassasalardagi bo‘sh ish o‘rinlar aniqlanib, 514 nafar xotin-qiz ishga joylashtirildi.

Misol uchun, 1-sektor rahbarlari sa’y-harakati bilan “ZIF tekstil”, “Amudar tekstil”, “Indenim” MCHJ kabi o‘nlab korxonalardan 230 nafar xotin-qizga ish topildi. Shaharda hamma didli va chiroyli kiyingisi keladi. Ayollar orasida mohir tikuvchilar va hunarmandlar kam emas. Biroq ko‘pchiligining ish quroli yo‘q. Masalan, tikuv mashinasi yoki turfa pishiriqlar tayyorlaydigan jihozlar xarid qilib ish boshlashga qurbi yetmaydi. Ishsiz ayollarni xatlovdan o‘tkazish jarayonida ana shu muammolar o‘rganildi. Xotin-qizlar o‘zini-o‘zi band qilishi uchun 251 nafariga tikuv mashinasi, 230 nafariga qandolat va non mahsulotlari, pechenyelar pishiradigan pechlar tuhfa qilindi. Kasb-hunar egallab, mehnat qilishga talabgor 414 nafar xotinqiz o‘zlari tanlagan kasblarga o‘qitildi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan, biroq kredit olishda qiynalayotgan 584 nafar xotinqizga tijorat banklaridan 14,5 milliard so‘m kredit olishlarida ko‘maklashildi.

— Turmush o‘rtog‘im 1-guruh nogironi, to‘rt nafar farzandimiz bor. Oilaviy sharoitimizni yaxshilash uchun to‘rt yildan ko‘proq Rossiyada ishladim, — deydi “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi yosh Feruza Bo‘taboyeva. — Bu orada farzandlar ulg‘aya boshladi, ularning tarbiyasida onaning o‘rni muhim. Pandemiya munosabati bilan xorijga chiqishga imkon bo‘lmay qoldi. Oilaviy sharoitimiz nochorligidan “Ayollar daftari”ga kiritilganman. O‘tiraversam, birov bir so‘m bermaydi. “Ayollar go‘zallik saloni” ochish uchun yer va kredit olishga amaliy yordam so‘radim. Ahvolimni tushunishdi. Hozir “Go‘zallik saloni” ochib, singlim O‘lmasoy bilan mehnat qilib, ro‘zg‘orimizni tebratyapmiz.

Shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan iqtisodiy jihatdan baquvvat korxona hamda tashkilotlar homiyligida boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand va ijtimoiy yordamga muhtoj 1-2-guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, qaramog‘ida bir va undan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollarga 351,6 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berildi. Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj 1-guruh nogironligi bo‘lgan ayollarga ko‘maklashildi.

Usmonali NORMATOV

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan