Tadbirkor – elga madadkor

Date:

Tadbirkor o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, muvaffaqiyatga erishdimi, o‘z ishini kengaytirish, yangidan-yangi g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish haqida o‘ylaydi. Bu daromadni oshirib, yangi ish o‘rinlarini kengayishiga, xizmat turlari yoki ishlab chiqarishning ortishiga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ham tadbirkorlarga katta imkoniyatlar va sharoitlar yaratilayotgani ishbilarmonlarni yanada ruhlantirmoqda.
Ana shunday tadbirli tadbirkorlarimizning tashabbusi bilan Angor tumanida “Erizon” savdo markazining yana bir filiali foydalanishga topshirildi. Binoning ochilish marosimida tuman hokimi Qosim Mardonov tadbirkorning aholi farovonligiga, uzog‘ini yaqin qilishga, uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda mebellar bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi ezgu sa’y-harakatiga omad tiladi.
Nuroniylar duoga qo‘l ochib, yurtimizga tinchlik, xalqimiz dasturxoniga to‘kin-sochinlik, fayzu baraka tilashdi. Ochilish marosimidan so‘ng, tadbirkor faoliyatini boshladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhimi ishtirokmi?

Sport inson hayotining mazmuniga aylansagina, u muhim ahamiyat kasb...

«O‘tkan kunlar» arab tilida

Jahon adabiyotida o‘zbek adabiyotining ham o‘z o‘rni borligini o‘zbek...

IIB xodimlariga planshetlar topshirildi

Bugungi kunda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish va mahallalarni...

Afg‘oniston delegatsiyasi Surxondaryoda

Ayni vaqtda qoʻshni Afgʻoniston ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya...
KunTun
KunTun