Бош саҳифа / Спорт / So’zining ustidan chiqdi

So’zining ustidan chiqdi

Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha 3 karra Osiyo chempioni, professional bokschi, O‘zbekiston iftixori, jahon chempioni Bahodir Jalolov oltin medal bilan taqdirlanib, Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi.

Uni charm qo‘lqop ixlosmandlari “Osiyo yo‘lbarsi” deya tan olishgani bejiz emas. Bahodir Jalolov raqiblari ozarbayjonlik Muhammad Abdullayev, hindistonlik Satish Kumar, britaniyalik Frezer Klark, amerikalik Richard Torreslarni mag‘lubiyatga uchratib, sharafli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Sportdagi bu yutuq va muvaffaqiyatlar hukumatimiz rahbarining sa’y-harakatlari bilan mamlakatimizda sportga va sportchilarga qaratilgan e’tibor mahsulidir — Men hayotda nimalarga erishgan bo‘lsam, bunda murabbiyim, sport ustasi To‘lqin Qilichevning xizmati katta deydi, — Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov. Bahodir Jalolovning professional boksdagi natijalari yurtimiz shuhratini oshirmoqda.

Rahim ESHOV

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Бирлашган куч — куч

Арқон тортиш ўйинида кучингизни синаб кўрганмисиз? Қувноқ стартлар ўйинларидачи? Агар синаб кўрмаган бўлсангиз, уларни оила …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan