“Shukronalik hissini oshirdi…”

Date:

Bolalar quvonchi, shodligi inson ko‘ngliga iliqlik baxsh etadi. Dono xalqimiz orasida “Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor” degan ibratomuz gap bekorga yurmaydi. Ota-onaning tinimsiz sa’y-harakatda bo‘lishi ham farzand istiqboli uchundir. Ammo, shu narsani unutmaslik kerakki, bir farzandga faqat ota-ona emas, yetti mahallaning-da haqqi bor. Bolajonlarga tarbiya berishda, kamini to‘ldirishda barcha birdek mas’ul.

Shu sababdan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Sherobod tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya aksiyasi tashkil etildi. Bir guruh saxovatpesha tadbirkorlar hamkorligida mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Qadriyatlari qadrlangan yurt” shiori ostida Sherobod tumanidagi 2 nafar imkoniyati cheklangan bola hamda 14 nafar kam ta’minlangan oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.

To‘y bazmida ishtirokchilarning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rgan, to‘y bolalarning xursandchiligiga guvoh bo‘lgan tashkilotchilarning boshi osmonga yetdi. Ha, mustaqil yurtga bayram-u tadbir yarashadi. Yurtimizda shunday saxovatpeshalar va tashkilotchilar, qolaversa, Yurtboshimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar bor ekan bolajonlarning kelajagidan, ilm olib, barkamol avlod bo‘lib yetishishidan tashvishlanmasak ham bo‘ladi.
To‘y-tomosha davomida so‘zga chiqqanlar bolajonlarga yuksak ishonch bildirib, O‘zbekistonimizga munosib farzand bo‘lib, yetuk kadr sifatida yetishib chiqishini tiladi.

Bayramona tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar inson qalbiga iliqlik yugurtirgan bo‘lsa, bolajonlarning raqslari o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Hamkorlar va partiyaning viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari ulashilgani esa bolajonlar quvonchini ikki karra orttirdi. Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi arafasida bu kabi xayrli va ezguliklarga yo‘g‘rilgan tadbirlarning o‘tkazilishi shukronalik hissining ortishida ko‘makdoshdir.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham...

Pilla mavsumiga start berildi

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi....

Ijodkor yoshlar bellashdi

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni...

Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib...
KunTun
KunTun