Seminar tashkil etildi

Date:

G‘alla — rizq-ro‘zimizdir. Uni ekish, parvarishlash, mo‘l hosil olish esa soha mehnatkashlari zimmasidagi mas’uliyatli vazifadir. G‘allazorlarimizning maydoni qanchalar keng bo‘lishi, qolaversa, qarovning yaxshi bo‘lishi kelgusida un va non mahsulotlarining tannarxida sezilarli darajada o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Ayni kunlar esa g‘alla ekish uchun mos va qulay fursat. Shu sababdan g‘alla ekish ishlari boshlanishi munosabati bilan “Yo‘lchi yulduz” hududi “Bandixon hosili” fermer xo‘jaligida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Soha mutaxassislari va tajribali dehqonlar ishtirok etgan seminar davomida g‘alla ekish ishlarini sifatli va samarali tashkil etish ishlari haqida so‘z bordi. Qolaversa, mavsumda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlari belgilab olindi. Ma’lumot uchun aytish kerakki, bandixonlik mirishkorlar tomonidan 2024-yilda 4 ming 688 gektar yer maydoniga g‘alla yetishtirish ishlari rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun