Бош саҳифа / Таълим / Salla desam, kallami?!

Salla desam, kallami?!

Sherobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari Hakim Choriyev bilan suhbatimiz ta’lim tizimiga oid keskin va tanqidiy qarashlarga boy o‘tdi. Suhbat avvalidan bu gapni aytishim — ensangizni qotirib, kayfiyatingizni buzgan bo‘lishi tabiiy. Ammo, o‘qingki, Sherobod tumanida ta’lim tizimining asl ahvoli, yutuq va kamchiliklari suhbatimizda aks etadi. Kezi kelsa, bu suhbat viloyat ta’lim tizimi haqida xulosalashga sabab ham bo‘ladi. Bilasiz, Xalq ta’limi vazirligining hisob-kitoblari viloyatning reytingini aytishga uyaladigan darajada baholagan. Shu sabab ham tizimda o‘zgarishlar kuzatildi. Boshqarma va bo‘limlarda kadrlar almashinuvi ro‘y berdi. Eng muhimi esa… suhbatga qaytsak.

— Tumanda hozir maktablar rangli hududlarga bo‘lingan. Siz aytgan maktablar — 24-, 25-, 34-, 36-, 54-, 60-umumta’lim maktablaridir. Bu maktablar qizil hududda. Ularning direktorlari ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan. Endi bo‘lim tomonidan bir nechta yosh nomzodlar taklifi kiritilgan. Yigirma kun ichida Xalq deputatlari tuman Kengashiga ular o‘zlarining uch yillik rejadasturlarini taqdimot qilishlari kerak. Shundan so‘ng ularga ishonch bildirilib, direktorlikka tayinlanadi…

— Bu maktablardagi ahvolga faqat direktor aybdor emasdir. O‘qituvchilar bilan ta’minlanmagandir…

— Yo‘q, nima deyapsiz… Hamma maktablarda mutaxassislarimiz yetarli. Mak-tabda ishlar to‘liq amalga oshirilmagan. Bolalar bilan ishlanmagan. Ota-onalar bilan suhbatlar uyushtirilmagan. Targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmagan. Universitetlar haqida tushunchalar berilmagan. Bir zamonar bittagina, yakka-yu yagona institut bo‘lardi, Termiz davlat pedagogika instituti. Hozir esa olti-yettita oliy ta’lim muassasasi bor. O‘tgan yil beshta universitetga hujjat topshirish imkoniyati yaratildi. Uyda turib, onlayn tartibda o‘sha nimaga nima qildi. Bizda ham, boshqa tumanlarda ham e’tibor berilmagan. Umumiy hisobda 70 nafar oliy toifali o‘qituvchi bor, xolos. 1,6 foizmi, shunday… Endi maqsad qo‘yilayapti — 5-martda boshlansa, 30-martgacha davom etadi. Kompyuterda nima topshiradi…

(Savoldan uzoqlashib, o‘tlab turib “nima-nima”larga chiday olmadik) Shu o‘rinda bir savol, hozirda toifalilarning sonini ko‘paytirish uchun hujjat top-shirish vaqti uzaytirildi. Yana testni yengillashtirish haqida ham fikrlar berilmoqda. Lekin, testning og‘ir-yengili bilan andarmon bo‘lib o‘tirsak, eski hammom, eski tos bo‘lmaydimi? Testni yengillashtirib, toifalilarni ko‘paytirsak, o‘qituvchining obro‘yi oshadimi? Testga tishi o‘tmaganidan toifa talablarini bajara olmagan o‘qituvchi endi osongina testdan o‘tadi-yu ko‘rsavodlarning tizimda urchishiga sharoit yaratilmaydimi? Avval attestatsiyada “Alisher Navoiy Hirotda nechta hammom bunyod ettirgan?” degan savol berilgan bo‘lsa, endi “Navoiyning “Xamsa”sida nechta asar bor?” degan savol beriladi, misol uchun aytayapman. Bu kabi yengillik toifalilar sonini oshirar, lekin saviyani tushirib yubormaydimi? Bunga nima deysiz?

— Endi-i, mana bitta masalan, Oliy o‘quv yurtini bitirib kelayapti… endi mana televizorni ko‘rayapti. Oldin ham aytganman. Dars o‘tish jarayoni sovet tuzumida perodan foydalanganmiz. Rang bilan botirib yozganmiz? O‘shani men tavsiya qilaman. Bu haqda fikrimni mutasaddilardan biriga aytganman, qamalib ketdiku, prokuror. Birinchi sinflar lotin alifbosi nima qilindi, xo‘p… Bularni husnixatini yaxshilash uchun mana bu sharikli ruchka bo‘lmaydi. Ikkinchidan, odamning o‘ziga bog‘liq. Uchinchidan, o‘qituvchi o‘zining ustida ishlamaganligi sabab… O‘zi birinchi toifa, oliy toifa belgilab bermaydi. Mutaxassis bo‘lsinda, bolani qiziqtirsin.

(Savolimiz Sherobodning kengliklariga singib ketdi. Javob izlab hanuz kezayotgan esada, ajabmas. Gapning o‘zanini yana mavzuga qaytaramiz) Ba’zi o‘qituvchilarning e’tirozi odamning kulgisini qistatadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining: “Menga besh-oltita fandan savollar tushdi. O‘zimiz o‘tadigan darsliklardan test bo‘lsa, biz ham attestatsiyadan o‘ta olardik. Shu sabab ham toifa ola olmadim…” singari vajlari ustozlarning obro‘sini oshirish o‘rniga yer qilmaydimi? 1-4-sinflar darsligidan test tuzilishi aqlga sig‘maydigan holat, meningcha…

— Endi, sizlar ham o‘qigansizlar. Jurnalistika ham oson kasb emas.  Ona tilini yaxshi bilmagan odam boshqa fanni ham eplay olmaydi. Bizning ta’lim tizimimizdagi eng katta xatolardan biri, istisno etmayman, o‘rta maxsus ma’lumotli kollejni bitirgan kadrlarni ishga qabul qildik… Uning fikri-zikri oylik olish kerak, ha desa, o‘rtoqlari, tengdoshlari orasida g‘o‘ddayish kerak. Ishi shu bo‘lib qolgan. Endi shu Prezidentimiz tomonidan ta’limga shunchalik imkoniyatlar berilib, “Murojaatnomada nima deyapti, 61-08-farmonda nima deyapti, 48-84-sonli farmonda nima deyapti o‘qituvchiga”, deb so‘raydigan bo‘lsa, shahar maktablaridagi, butun O‘zbekistondagi maktablarni oladigan bo‘lsak, 10 foiz o‘qituvchi javob bera oladi… Hammasi kechqurun televizor ko‘radi-da, Eshmatni ko‘radi, Toshmatni ko‘radi… mana, “Yor-yor” degan ko‘rsatuvni olaylik. Televi-zorni yorib tashlagim keldi, sindirib tashlagim keldi… O‘zbekning erkagi butun hammaga menga xotin kerak, xotini esa menga er kerak deyapti. Bularning hammasi g‘arbda bo‘ladigan narsalar. Bizning mentalitetimizga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatuvlar yo‘q. Bolalar ota-onasi bilan ko‘rib o‘tiribdi. Bitta moma(?) keldi kecha, farzandi 4-sinfda o‘qirkan(?). Prezident maktabida o‘qitmoqchiman dedi. Uchta fandan repetitor topib berdim. Shu paytgacha ishlab, bitta shu ayol keldi. Ko‘zlarimga yosh keldi… Rahmat dedim. Ana shuning uchun bu og‘riqli nuqtamiz. Hozir texnologiya rivojlanib ketgan. Mana (kompyuterni ko‘rsatib), so‘raydi: “Necha gegabaytlik” deb, sakkizlik desam, meniki 60 gegabaytlik deydi. Bizda xotirasi 8 megabaytlik o‘qituvchilar ko‘payib ketdi.

— Lekin, ba’zi o‘qituvchilarni kuzata turib, salohiyati va saviyasiga baho berar ekansiz, uning o‘rta maxsus ma’lumotli ekanligi ham ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Balki, maktabning boshlang‘ich ta’lim tizimini o‘zgartirish kerakdir. O‘qituvchilar 30 nafar bolaga harf tanitguncha yil tamom, o‘zining esa bo‘lari bo‘lgan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflar sonini oshirib, bir o‘qituvchiga 10-12 nafar o‘quvchi biriktirilsa-yu ularning xat-savodini keyin talab qilsa bo‘lar… Shu kabi takliflar bormi sizlarda?

— Bor-da! Mana hozir besh kunlik darsga o‘tildi. Shanba-yakshanba kunlari o‘qimaydi.

— Lekin, bu yengillik bo‘lmaydi-da. O‘qituvchiga shu besh kunlik dars yengillikmi? O‘quvchi uchun qulaylikdir bu, uning ruhiyatiga mos kelar. Ammo, o‘qituvchiga bu tizimning zarraki yengilligi yo‘q. Mayli, hammasi o‘z yo‘liga. Savolning asliga qaytaylik. Maktabning ahvoli direktorning arizasini olish bilan yaxshilanib qoladi, deyish noto‘g‘ri.

— Ukajon, ikkalamiz bir xil fikrda ekanmiz…

— Unda nega arizalarni yozdirib olayapsizlar. Topshiriq bo‘lganligi uchunmi?

— Men olganim yo‘q. Bitta narsa bor. Xalq ta’limi vazirimiz selektorda ay-tayaptiki, haqqi yo‘q dedi maktab direktorligida ishlashga dedi. Oliy ta’limga o‘qishga kirmaslik bo‘yicha… biz tayyormizmi degan savol bor. Sizlar to‘g‘ri aytayapsizlar, direktorni ishdan olib, kecha men borib ko‘rdim. Bittasi heeey Van-dobda, chekka joy… hozir tushungan o‘qituvchilar bizda hozir uchta hudud tushdi. 50 foiz ustama to‘lash-u 11 million pul berish… Hali menga biror o‘qituvchi kelgani yo‘q: “Men o‘sha hududga borib ishlayman”, deb. Sabr qilsa, hammasi bo‘ladi.

— Sabr va yoki shukr qilish qoplaydimi?

— Bizni davrimizda yo‘llanma bilan borilardi.

— Lekin, hozirgi tizim unday emas. Xohlagan joyingizda ishlashingiz mumkin. Byudjet asosida o‘qigan bo‘lsangiz ham, sizga yo‘llanma berilmaydi. Siz bo‘lim bilan yetishmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha taqdimnoma kiritishingiz kerak, lozim bo‘lsa, shu hududlarning bitiruvchilariga ishonch bildirib, ularni maqsadli o‘qitish kerak. Sherobodda uchta hudud kiritilganligi undan uzoq tuyulgan ba’zi hududlar kiritilmaganligi oldida bo‘limning yutug‘i. Vaholanki, suhbat davomida kadrlar yetarli degandingiz. O‘qituvchilarning ham oilasi bor. Kimgadir hudud aholisi yoqmaydi, kimgadir maktab jamoasi. Yana kim uchundir borish-kelish qoplamaydi…

— Otam rahmatli juda erta vafot etganlar. Menga maktab tomonidan juda chiroyli bitta palto berilgandi. Uyga kiyib borganman. Onam rahmatli o‘shanda baqirib bergandi: “Men hali o‘lganim yo‘q!” Hozirgacha qulog‘im ostida jaranglaydi: “Men senlarning paltongga zor emasman”, dedi. Qiynalib o‘stirdi. Bizni o‘qitdi. Endi esa ota-onalar keladi: “Mening bolam kiyim-kechak bermabsan!” Oriyatli xalqmiz, deymiz. Muhtaram birinchi Prezidentimizning bitta “Mahalla—oila—maktab” konsepsiyasi bo‘lardi…

— Lekin u tizim o‘lda-jo‘lda qoldi…

— Ha, yashang. O‘shaning mexanizmini ishlab, to‘g‘ri tizimga tushira olsak, yutamiz. Mahalla raisi ota-onani uyaltirishi kerak. Mana, kecha bir o‘qituvchi gapirayotganda: “Shoshma”, debdi, o‘qu-chi uyiga borib: “Meni urdi” debdi. Ota-onasi ariza yozib kelgan. Kechirim so‘rattirdi. Keyin kechirayapti (katta ehtimol bilan gap tumanning 40-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan voqea haqida ketayapti). Ana shuning uchun, bitta savollaring o‘rinli bo‘ldi. Bularning oldini olish bo‘yicha maktab rahbariyati jips bo‘lib, mushtni bir nuqtaga birlashtirsak, yutamiz. Hozir 7-o‘rinda turgan 55-maktab misolida oladigan bo‘lsak, 56 foiz bitiruvchisi OTMlarga o‘qishga kirgan. Telekanallarga boshqarmadagilar aytdi: “Buni o‘rnak qilib, mana bu 6 ta maktabning direktorlarini sharmanda qilib televi-zorga chiqar”.

— Ularning aybi bormi? Bola OTMda o‘qishni istamagandir… Balki, ularda yetarli darajada malakali kadr bo‘lmagandir (qo‘shimcha qiladi hamkasbim). Direktor o‘z ishini qilgan. Undan talab qilinadigan dars taqsimotlari-yu ustamalar, direktor fondidan tortib o‘quvchilarning jinoyatchilikka qo‘shilib ketmasligi, o‘quvchi qizlarning erta tug‘uruqdan saqlashgacha bo‘lgan jarayonlar bilan andarmon bo‘lib, o‘z vazifasidan chekingandir. Bo‘limning yig‘ilishlarida qatnashgan. Chekka hududdan kelib ketguncha sillasi qurib, ishga hafsalasi qolmagandir. Obyektiv-subyektiv tomonlama ham qarash kerak, nazarimda.

— Hozir, undaymas…

— Hozir unday emasdir, lekin u o‘tgan yilgi holat uchun ishidan ayrilayapti. Balki, yana bir yil imkoniyat berilishi maqsadga muvofiq bo‘larmidi? Viloyatdagi hamma maktab direktorlaridan shunday arizalari olindimi, shu hisobda…

— Ha, hammasidan olingan.

— Muammo bor deyapsiz, direktor o‘zgargan bilan hech narsa o‘zgarmaydi deyapsiz. Konsepsiya izchil ishlasa deyapsiz. Reja, g‘oyalaringiz bor. Lekin, xalq ta’limi vakili sifatida biror tizim ishlab chiqildimi? O‘zlaringiz ichki tartibda qilishingiz kerak, menimcha (savolni keskin qo‘yadi hamkasbim). Biror tizim bormi shunday?

— Chorshanba kuni o‘quv seminari o‘tkazdik. Test markazidan vakillar keldi.     15 ming so‘m turar ekan, testlar dasturini aytishdi. Xohish bo‘lsa, hozirdan testlar bajarib borishadi. Imtihonlarga tayyorlanishadi. Bir betni ishlab bo‘lasiz, ikkinchi beti ochilar ekan…

— Ishlash uchun ham baza bo‘lishi kerakmi? Testni bajarish o‘quvchining yoki o‘qituvchining xohishiga qo‘yib berilishi noto‘g‘ri. Ish tizimli bo‘lishi kerak. Nazorati ham bo‘lishi lozim. Shunda samarasi bo‘ladi, — deydi hamkasbim.

— Endi qarang, sizlarni ham o‘qituvchi o‘qitgan. Sizlar ham maktabda o‘qi-gansizlar…

— Biz ham maktabda o‘qiganmiz. Bizning tashvishimiz, chalg‘itadigan muhit bo‘lmagan. Hozirgi bolalarda ro‘zg‘or tashvishi bor. Qishloqda bo‘lsaku tuganmas mehnat bilan band bo‘ladi. Endi unga maktab darsi qiziqmi? Kamiga repetitorlarning obro‘si, ularga ishonch o‘qituvchini yer bilan bitta qilgach… Har bir bo‘limda maktablarni nazorat qiluvchi kuratorlar belgilangan. Endi maktab direktorlari ishdan ketibdi, kuratorlar ham ishdan ketdimi?

— Yo‘q…

— Nima uchun? Axir, u yil davomida o‘rganishi kerak edi? Ular maktab va uning faoliyatini nazorat qilishi, o‘rganib, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi kerak edi… Nima sababdan ular ishdan olinmadi?.. Kaltak nima uchun direktorlar boshida sindi?..

— Endi bir savol. Ma’lumotlarni qayerdan oldilaring. Shu yettita maktab haqida. Boshqarmaga bordilaringmi yo hokimiyatmi?

— Viloyat hokimining Murojaatnomasidan oldik…

— Birinchi Sheroboddan boshladilaringmi o‘rganish-ni…

— E’tirozingiz bormi? Muzrabotda bo‘ldik, Jarqo‘rg‘onda ham…

— Mana, kecha bittasi keldi. “Rahbarlik shirin ekan… Vaqtida qadrini bil-mabman. Ishlamaganman” dedi. Metodistlarimiz kam, maktablar esa ko‘p… Ular ulgura olmaydi. Buyog‘i Qiziriq bilan chegaradosh, buyog‘i “Xomkon” (telefon-da suhbatlashishiga to‘g‘ri kelib qoldi). Sherobod t-mani XTBda ishchi guruh tuzildi. O‘qituvchilarning ham ish uslubi bilan tanishib, maktablarni o‘rganadi.

— Yaqinda o‘tkazilgan Milliy reyting bo‘yicha monitoringda tumandan qaysi maktablar ishtirok etdi?

— 12-, 16-, 30-, 51-, 60-maktablar tushgandi.

— Bitiruvchilari OTMga o‘qishga kirmagan maktablardan faqatgina 60-umumta’lim maktabi ro‘yxatga tushgan ekan-da! O‘quvchilari OTMga kira olmagan maktabning 9-sinf o‘quvchilari reytingini ham ko‘rish mumkin…

— Ona tilidan 126 so‘zli diktant olindi, matematika fanidan 5 ta yozma ish olindi. Lekin, biz bolalar bi-lan Andijondan, Qashqa-daryodan tashlangan va-riantlarni ishladik. 17-maktabning yaxshi ona tili va matematika fani o‘qituvchilarini yordamga chaqirdik, uyalib qolmaylik deb, to‘g‘risi. Milliy reytingning ikki etapi o‘tib bo‘lgandi. Bu uchinchi etap…

— Hakim aka, shu paytgacha Milliy reyting sinovlarini kutmasdan turib, maktablarda mana shunday sinovlar bo‘lim tomonidan o‘tkazilganmi? Ikkita eng yaxshi o‘qituvchini jalb etgan holda o‘quvchilarga konsultatsiya berish, repetit-sion mashg‘ulotlar olib borish, boshqa viloyatning testlarini ishlab tayyorlanish boshqa… Bu ishlar uyalib qolmaslik uchun qilingan ikki oylik mehnat, xolos. Bunday soxta obro‘ni saqlash uchun ne-ne o‘yinlar qilinmagan deysiz. Boshqa sinf o‘quv-chisini boshqasiga kiritish, misol uchun… va yana boshqa masalalar. Ikki oylik tayyorgarlik yaxshi, lekin bolaning to‘qqiz yillik hayoti qayerda qoldi? Demakki, 9 yillik ta`limidan ko‘ngil to‘lmagani uchun ham bu maktablarga bosh-qa maktabning ikki nafar mohir pedagogi safarbar etildi. Shu hisobda o‘sha maktabning o‘qituvchilari nohalol oylik olgan desak, mubolag‘a bo‘lmas…

— Ko‘taringlar shu mavzuni… Aniqlashtirib, oyligini qaytartirib to‘latinglar…

— Bu ishni Siz va bo‘lim qilishi kerak emasmi? Siz hozir “yopdi-yopdi” qilish uchun, ya’ni uyalmas-lik uchun ikkita o‘qituvchidan foydalanganingizni aytdingiz…

— Xo‘p. Sizlar bitta narsani tushuninglar. Sizlarni ham tekshiradigan tashkilot bor, bizni Ta’lim inspeksiyasi tekshiradi. Ta’lim sifati va mazmunini tekshiradi. Bu biz uchun ham tajriba bo‘ldi. Endi biz ham qo‘llaymiz… Ha nima deydi. Jurnalistlarning bir yomon xarakteri bor, bitta aybni ushlab oladida, o‘shani unday-bunday olib qochadi. Siz bilan biz birgalikda O‘zbekistonda ta’lim olayotgan va ta’lim berayotgan o‘quvchilarga bu narsani fojia deb qarashimiz kerak (gapni grammatik va sintaktik jihatdan moslashtirib olishingizni so‘raymiz).

— Lekin, fojiani ko‘rsatish kerak, biz esa yopmoqchimiz…

— Qanday yopmoqchimiz?

— Bu obro‘ni saqlab qolish uchun qilinayotgan soxtakor-lik, aslida… Agar milliy reytingda natija yaxshi bo‘lsa, bu viloyat boshqarmaning obro‘si. O‘zlarining tanlagan strategiyasi bo‘yicha ishdan ketmaydi. Yettita maktabning direktoridan allaqachon arizalar olib bo‘linganligidan ko‘rinib turibdiki, qaysidir hududda milliy reytingda yetarli ball to‘planmas ekan, bo‘lim mudirlari ham, hattoki siz ham arizangizni yozishga tayyor tura-vering. Bu arizabozlik urchisa urchiyaptiki, kamaygan emas. Hattoki, maktablarda direktorlardan “Maktabda oliy va birinchi, ikkinchi toifali o‘qituvchilarni ko‘paytiraman” mazmunidagi tilxat olib qo‘yilgan. Bu noto‘g‘rimi?

— Bu noto‘g‘ri! Kimdan eshitdilaringiz. Hech kimga talab qo‘yilayotganligi yo‘q…

— Demak, Sherobodda bunday talab yo‘q. Bunisi xursand bo‘larli holat…

Hakim aka Choriyev bilan suhbatimiz qizigandan qizishi, ularning asab torlari bun-danda taranglashishi mumkin edi. Ammo, suhbatni tugatishga qaror qildik. U kishining telefon suhbati bilan yolg‘iz qoldirib, xonani tark etdik. Savollar va javoblardagi holatlarni tahrirsiz qoldirdikki, o‘qib vaziyatni idrok etsangiz… Xulosa o‘zingizdan… Javob olinmagan savollarimizga esa mutasaddilar gazetamizni varaqlab qolishsa, javob beradi. Zero, viloyat XTB bizning maqolalarimizga yaqin bir yil ichida munosabat bildirgan emas. Qolaversa, obunani majburiy emas, deb aytgan boshliqlar ixtiyoriy gazeta o‘qimasa kerak degan yomon gumonim ham bor…

Xurshid Qarshiev

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

TARBIYA VA SAVIYA

“Gapni gapir uqqanga” degan donishmandlar. Donishlar teran ildizga egaki, uning aslini ham ko‘pchilik bilmaydi. Aytilgan …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan