Sahovat tadbiri uyushtirildi

Date:

Tovuqni yetti xazinaning biri deyishadi. Haqiqatda bu gapda jon bor. Ushbu parrandani yetishtirib, tuxumidan bahramand bo‘lganimiz yetmagandek, o‘zi parhezbop go‘shti bilan qozonimizni to‘ldiradi. Pati ham har tugul kerakli ashyo — yumshoqqina par yostiq bo‘ladi. Bu ham yetmaganidek, rizqini yerdan terib yeb yurguvchi bu jonivorlar bilan mo‘maygina daromad olish mumkin. Shunchaki, biroz qunt va ishtiyoq bilan ularni boqsak bo‘lgani.
Ba’zida esa tovuq boqaman deysiz-u yetarli sharoit yo‘qligi rejangizga tushov bo‘lib, sizni to‘xtatib turishi mumkin. Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasiga tushgan arizalar hamda shakllantirilgan ehtiyojmand oilalarga ro‘yxat asosida Oltinsoy tumani “Obshir” mahallasi hokim yordamchisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Soatmo‘min Jumayev tomonidan 30 dona tovuqqa mo‘ljallangan katakxona sovg‘a qilindi.
— Shu kunga qadar ba’zi ehtiyozjmand xonadonlarga kataklar yasatib tarqatdik. Rejani katta olganmiz, endigi ishimiz shu kataklarga 25-30 donadan tuxum beradigan tovuqlar bilan to‘ldirib bermoqchimiz. Yaqin kunlarda esa yana 50 dona kataklar yasab, tarqatish niyatimiz ham bor, — deydi hokim yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhimi ishtirokmi?

Sport inson hayotining mazmuniga aylansagina, u muhim ahamiyat kasb...

«O‘tkan kunlar» arab tilida

Jahon adabiyotida o‘zbek adabiyotining ham o‘z o‘rni borligini o‘zbek...

IIB xodimlariga planshetlar topshirildi

Bugungi kunda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish va mahallalarni...

Afg‘oniston delegatsiyasi Surxondaryoda

Ayni vaqtda qoʻshni Afgʻoniston ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya...
KunTun
KunTun